Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

"Axmat" va "Arsenal" yoshlari ommaviy mushtlashuv sodir etdi

"Axmat" va "Arsenal" yoshlari ommaviy mushtlashuv sodir etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiya yoshlar birinchiligining 14-turida Gronziyning “Axmat” hamda Tulaning “Arsenal” yoshlar klubi futbolchilari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda tulaliklarning rasmiy Twitter sahifasi xabar tarqatdi.

Uchrashuv bugun Grozniy shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Tulaning “Arsenal” yoshlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 39-daqiqasida to‘p uchun kurashda ikki raqib to‘qnashib ketdi va to‘qnishuv ommamiy mushtlashuvga aylanib ketdi. Murabbiylar va zahiradagi futbolchilar mushtlashayotgan futbolchilarni ajratib qo‘yish uchun maydonga yugurib chiqishdi. To‘qnashuv 5 daqiqaga yaqin davom etdi. Shundan so‘ng, uchrashuv bosh hakami "Axmat" klubining ikki nafar, "Arsenal" klubining bir nafar futbolchisini maydondan chetlatdi.

Kiritildi: 16:16, 26.10.2019.
O'qildi: 2219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.