Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Messi eng kuchli hujumchini nomini aytdi (intervyu)

Messi eng kuchli hujumchini nomini aytdi (intervyu)

Baho:
+ | -


Argentina terma jamoasi va «Barselona» klubi sardori Leonel Messi o‘tgan haftada Argentinaning «Tik Sport» nashru uchun intervyu berib o‘tdi. Ushbu intervyu davomida qahramonimiz ko‘plab muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

VAR futbol uchun kerakmi?

VAR aslida uchrashuv hakamlarining to‘g‘ri qaror qabul qilishlari uchun ko‘mak berishi lozim, biroq hozircha bu moslama hakamlikni yengillatgani yo‘q. Afsuski, VAR bo‘lishiga qaramay, so‘nggi qarorni maydondagi bosh hakam qabul qilmoqda. Bu esa, vaziyatlar to‘liq oydinlashishiga yo‘l qo‘ymasligi aniq. O‘ylashimcha, VAR juda yaxshi moslama, biroq undan to‘liq foydalanishni uddalay olishmayapti.

JCH g‘oliblig haqida orzu qilasanmi?

Albatta, o‘z faoliyatim davomida JCHda g‘olib chiqishni juda istayapman. Shunday bo‘lsada, ushbu natijani qayd etish uchun o‘z faoliyatimdan tubdan o‘zgartirmagan bo‘lar edim. Yaratgan menga bergan yutuqlardan ko‘nglim to‘q. Biz nima istaksak ham, barchasi o‘zgarmay o‘z o‘rnida qolaveradi. Katta futbolga kirib kelishimdan oldin, hozir erishgan yutuqlarimni orzu ham qilmagan edim. Yaratgan menga orzularimdan ham ortig‘roq omad va zafarlar taqdim etdi. Undan buning uchun minaddorman.

2014-yildagi mundial yodingdami?

Aynan o‘sha musobaqa mening terma jamoadagi eng yaxshi davrlarimdan esdalik bo‘lib qoladi desam, adashamgan bo‘laman. Bizda ajoyib jamoa mavjud edi. Terma jamoadagi yigitlar o‘yindan zavq olishar, maydonga faqat futboldan lazzat olish uchungina tushar edik.

To‘g‘ri, biz final uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradik, biroq bu futbol va unda hamma narsa g‘alaba bilan o‘lchanmaydi. Eng muhimi namoyish etayotgan o‘yiningizdan zavq olish.

Argentina terma jamoasi safida bir necha bor finallarda mag‘lubiyatga uchrash qanchalar yoqimsiz?

Biz «Kopa Amerika» va JCH finallarida to‘p surganmiz. Bu kichik natija emas. Finallar biz uchun juda alamli yakunlangan bo‘lsada, biz doimmo katta g‘alabalarga juda yaqin kelganmiz. Afsuski, musobaqalarning final qismida bizga ko‘pincha omad yetishmadi. Ba’zi finallarda o‘zimizning xatolatimiz tufayli ikkinchi o‘rinda qolib ketdik. Umid qilamanki, oldindagi musobaqalar orqali Terma jamoa uchun sovrin yutishga muvaffaq bo‘laman. O‘ylashimcha keying «Kopa Amerika» musobaqasida g‘olib chiqishimiz mumkin. O‘z uyimizda bo‘lib o‘tadigan musobaqada g‘olib chiqishimiz shart. Hozirda jamoamizga yangi qon quyilmoqda. Tarkibimizda yosh va iqtidorli futbolchilar yetarli.

Eng qadrdon jamoadoshlaring sifatida kimlarni ko‘rsata olasan?

Menimcha Ronaldinyo! Ilk bor 16 yoshimda «Barselona» kiyinish xonasiga kirganimda, futbol yulduzlarini ko‘rib o‘zimni yo‘qotib qo‘ygaman. Aynan o‘sha lahzada menga birinchi bo‘lib Roni yordam qo‘lini cho‘zgani hali-hamon yodimda. Uning ruhiy daldalari sababli o‘zimni ancha yengil his etganman. O‘sha voqeyadan so‘ng, maydonda va uning tashqarisida doimmo uni izlar edim. Afsuski, biz uzoq vaqt mobaynida bir jamoada to‘p surishga muvaffaq bo‘lmadik. Hozirda Luis Suarez bilan yaqin do‘stlarmiz. Bizning farzandlarimiz ham tengdosh. Shu sababli, Oila a’zolarimiz bilan birga ko‘pincha birga tushlik qilamiz.

Barcha davrlarning eng kuchli hujumchisi kim?

Ronaldo chinakam fenomen edi! Uning to‘p bilan munosabatda bo‘lishi va o‘yinni o‘qiy olish qobiliyatiga havas qilmaslikning iloji yo‘q. Aynan u men bilan hujumchilar orasida eng kuchlisi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:08, 29.10.2019.
O'qildi: 8293 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.