Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Barselona”da qolishi kerak bo‘lgan 4 futbolchi

“Barselona”da qolishi kerak bo‘lgan 4 futbolchi

Baho:
+ | -

Kataloniya klubida xuddi “Real” kabi beqaror tarkib shakllanib qolgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda murabbiylarning darajasi pastligidanmi yoki rahbariyatning o‘rinsiz qarorlari tufaylimi, “Barselona”ga klub darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilar qo‘shildi. Oqibatda aralash tarkib hosil bo‘ldi. Ayni shu tarkibda jamoadan ketishi kerak bo‘lgan va qolishi lozim bo‘lgan futbolchilar bor.

Arturo Vidal. “Barselona”ga kerak bo‘lmaydigan futbolchilar haqida o‘ylaganimda birinchi navbatda xayolimga chililik futbolchi keladi. Vidal birinchi navbatda Kataloniya klubining imijiga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchi. Bu tashqi ko‘rinish ma’nosida emas, o‘yin va xarakter ma’nosida.

Arturo Vidal yaxshi o‘yinchi, bunga shubha yo‘q. Lekin uni muhim o‘yinlarda “Barselona”ni qutqara oladigan yoki muhim ahamiyat kasb etadigan futbolchi deb hisoblash qiyin. Birinchidan, bugungi Vidal biz bilgan o‘sha Vidal emas. Keling, boshqacha tushuntiraman, bugungi Vidal Gvardiola “Barselona”ga olib kelishni istaydigan Vidal emas, Valverde “Barselona”ga olib kelgan Vidal. Oldingi Vidal yoki umuman Vidalning o‘rniga olib kelinishi kerak bo‘lgan futbolchi bilan bugungi Arturo o‘rtasidagi farq Gvardiola va Valverde o‘rtasidagi farqqa teng. To‘g‘ri, “Vidal gol uryapti, yaxshi o‘ynayapti”, deyishingiz mumkin, ammo uning pozisiyasida “Barselona”da juda iqtidorli charm to‘p ustasi o‘ynashi kerak.

O‘z navbatida Kataloniya klubi rahbariyati bir nechta futbolchini sotishni istayaptiki, ular orasida “Barselona”da qolishi kerak bo‘lganlari talaygina.

Ivan Rakitich. Xorvatiyalik futbolchining sotilishi borasida ko‘p gap-so‘zlar tarqalmoqda. To‘g‘ri, uning yoshi o‘tib borayotgandir, ammo Rakitichning o‘rniga “Barselona” uning pozisiyasida undan-da yaxshiroq o‘ynaydigan futbolchini olib kela olmasa kerak. Chunki Rakitich maydonni yaxshi ko‘ra oladi, kuchli zarbaga ega, uzatmalari ham yaxshi. Rakitich hozirgi “Barselona”ga kerak futbolchi. To‘g‘ri, asosiy tarkibga tortmay qolgandir, balki, lekin zaxiradan tushib jamoani bemalol kuchaytira oladi.

Usmon Dembele. Xurmacha qiliqlari tufayli  “Barselona”dagi kelajagini xavf ostiga qo‘ygan fransiyalik yigitcha, aslida, juda iqtidorli. U har safar maydonga tushganida nimadir qilib ketadi: yo gol uradi, yo golli uzatmani amalga oshiradi, xullas, muxlislarning yodida qoladigan xatti-harakatlarni amalga oshirishga ulguradi. Dembeleda tezkorlik, dribling, kuchli zarba bor. Buni ko‘p bora isbotlagan ham. Xo‘sh, shunday futbolchi “Barselona”ga kerakdir, balki. Uning xarakterini o‘zgartirish esa, manimcha, ilojsiz ish emas.

Samyuel Umtiti. Umtiti — juda yaxshi himoyachi. O‘z vaqtida “Barselona”ning asosiy tarkibidan ham joy olgan. Jarohat esa uni ancha sindirdi. Lekin agar imkon berilsa, fransiyalik futbolchi avvalgi formasiga qaytishi mumkin. Umtiti endi “Barselona”ga kerak emas, deb hisoblamayman. Ayni paytda Nelson Semedudan ko‘ra ko‘proq foyda keltira oladi u agar Valverde yoki uning o‘rniga keladigan mutaxassis Umtitiga imkon bersa. “Barselona”ning ashaddiy muxlislari ham Samyuelning iqtidorli himoyachi ekanligini inkor etishmaydi.

Luis Suares. Ajablanmang, Neymarning xarid qilinishi ehtimoli vaqtida urugvaylik futbolchining “Barselona”dan ketishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Keyin esa Neymar mojarosi tindi, ammo Suaresning ketishi borasidagi mish-mishlar tinmayapti. Luis Suares “Barselona”da qolishi kerakmi? Javob bitta — ha. Nega deysizmi? Hozir tushuntiraman.

Luis Suares — yirtqich. Qaysi ma’nodaki, raqib jarima maydonida to‘pni ko‘rdimi, uni raqib darvozasiga tepishga intiladi. Oldida kim bor, o‘zi qay holatda, farqi yo‘q. Raqibni ham, o‘zini ham ayamaydi. Kurashadi, intiladi, to‘pning o‘ziga yetib kelishini kutmasdan o‘zi to‘p tomon talpinadi (ayni shu jihat aksar hujumchilarda yetishmaydi). Qolaversa, sovuqqon. Masalan, to‘p unda, oldida esa uchta himoyachi turibdi. Suares nima qilsam ekan, deb ikkilanib o‘tirmaydi, to‘pdan shunchaki qutulib, mas’uliyatni o‘zidan soqit qilishga ham urinmaydi, qulayroq sharoit yaratadi va zarba beradi. Yo burchak zarbasi, yoki gol... U maydonda ana shunday qaltis holatlarda kerakli ishni amalga oshira oladigan kamdan-kam hujumchilar sirasiga kiradi.

Nizomjon ISLOMOV

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:59, 29.10.2019.
O'qildi: 8449 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.