Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

O‘FAda futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 23-25 oktyabr kunlari Eronning Urmiya shahrida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkazildi.

Guruhda Afg‘oniston, Nepal hamda Tojikiston terma jamoalari bilan bahs olib borgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi har uchala o‘yinda ham g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni egalladi va kelasi yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Unda OFKning Futzal hamda sohil futboli bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Jahongir Usmonov, O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov, futbol bo‘yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov, terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Haydarov ishtirok etdi.

OFKning Futzal hamda sohil futboli bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi hisoblanadigan Jahongir Usmonov futzal bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarini ular oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifa – qit’a chempionatiga chiqish masalasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bilan tabrikladi va terma jamoamizdan muxlislar hamisha yuqori natijalarni kutishini ta’kidlab o‘tdi.

Ravshan Ermatov saralash bahslarini 1-o‘rinda yakunlagan terma jamoamiz a’zolarini qutlar ekan, endi oldinda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichiga munosib hozirlik olib borish lozim ekanini, buning uchun O‘FA tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Qit’amizda avvaldan yetakchilar qatorida e’tirof etib kelingan futzal bo‘yicha terma jamoamiz Osiyo chempionatida ham sovrindorlar qatoridan o‘rin olishi va Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kirtilishi oldindagi asosiy vazifa ekani qayd etildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Bahodir Ahmedov, shuningdek, mahoratli darvozabon Rustam Umarov ham so‘zga chiqib, assosiasiya tomonidan futzalchilarimizga qaratilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Futzal bo‘yicha milliy terma jamoamizda avlodlar almashinuvi jarayoni ketayotganini ta’kidlagan Bahodir Ahmedov saralash bosqichida bir qator yosh va iste’dodli futzalchilarga imkon berilgani, endilikda mana shu yoshlar va mahoratli futzalchilardan iborat tarkib bilan qit’a chempionatida ham munosib ishtirok etishga harakat qilishlarini aytib o‘tdi.

Qizg‘in suhbat tarzida hamda iliq ruhda kechgan uchrashuv yakunida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga saralash bahslaridagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun pul mukofotlari topshirildi.

 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 23:22, 31.10.2019.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.