Bugun Kataloniyaning “Barselona” klubi sardori Leo Messi o‘zining YECHLdagi dastlabki golini kiritganiga roppa-rosa 14 yil bo‘ldi.
Argentinalik hujumchi 2005/2006 yilgi mavsumda «Panatinaykos» (5:0) jamoasiga qarshi uchrashuvda gol kiritgandi.
Shu kungacha Messi Chempionlar Ligasida 138 uchrashuv o‘tkazib, 113 gol kiritish bilan bir qatorda, 32 ta golli pasni amalga oshirdi.













