Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Anchelotti Madridga qaytganidan keyin bayonot berdi

Anchelotti Madridga qaytganidan keyin bayonot berdi

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti dam olish kunlari Madridga qaytdi. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ispaniya La Ligasidagi "Real" — "Levante" o‘yinini stadionda tomosha qildi. Dushanba kuni italiyalik mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarda "Santyago Bernabeu"dan bir nechta suratlarni joylab, ularni quyidagi matn bilan izohladi.

"Real"ning g‘alabasini ko‘rish qanday quvonch! Va bu g‘alabani mening vise-prezidentim hamda milliy terma jamoalar direktori bilan birga nishonlash yanada yoqimli", — deb yozdi Karlo Anchelotti.

Yozda Karlo Anchelotti qo‘l ostida Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Mundial guruh bosqichida braziliyaliklarning raqiblari Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bo‘ladi.

Kiritildi: 16:50, 19.01.2026.
O'qildi: 5375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик