Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

«Barsa» Reshford bo‘yicha «MYU»ga qancha taklif qilishi ma’lum bo‘ldi

«Barsa» Reshford bo‘yicha «MYU»ga qancha taklif qilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona"da "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan hujumchi Markus Reshfordni saqlab qolish borasida jiddiy niyat bor. Vinger joriy mavsumni Kataloniyada ijara asosida o‘tkazmoqda.

Krrish xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Reshford transferi uchun "qizil iblislar"ga 22 million yevro miqdorida taklif yo‘llagan. Kelishuv 18 million yevro kafolatlangan to‘lovni (uch yil davomida to‘lanadi) hamda natijalarga bog‘liq 4 million yevro bonuslarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lum qilinishicha, «Manchester Yunayted» bunday taklifdan qoniqmagan va ijara shartnomasida avvaldan ko‘rsatilgan 30 million yevro evaziga to‘liq sotib olishni talab qilmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan, ammo muzokaralar yaqin haftalarda davom ettiriladi.

«Barselona» safida 28 yoshli Reshford 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:22, 19.01.2026.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик