Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yaxshisi, ketaqol, Valverde

Yaxshisi, ketaqol, Valverde

Baho:
+1 | -

Bugungi mag‘lubiyat “Barselona” uchun ancha alamli bo‘ldi. Yaqin yillar ichida Kataloniya klubi hech bir mavsumni bunchalik omadsiz boshlamagandi.  Tabiiyki, ushbu mag‘lubiyatlar har qanday vaziyatda ham bosh murabbiyga borib taqaladi. Futbolchilarning o‘yini o‘xshamaganiga ham, ruhiy tushkunlikka ham, noto‘g‘ri tarkib va taktikaga ham murabbiy javobgar.

“Levante”ga qarshi o‘yinda “Barselona”ga xarakter yetishmadi. Ruhiy barqarorlik yetishmadi. Bu esa bosh murabbiyning aybi hisoblanadi. Chunki bosh murabbiy har qanday holatda ham futbolchilarning kamchiligini topib, ularga nimalar qilishlari lozimligini uqtirishi, muvozanatni saqlab turishi lozim. Ya’ni birinchi bo‘limdagi g‘alabadan keyin Valverde kiyinish xonasiga kirib, “G‘alabaga ishonib qolmang. Birinchi bo‘limda mana bunday, mana bunday kamchiliklar bo‘ldi, mana bularni to‘g‘rilang, raqib yanada kuchayadi ikkinchi bo‘limda, yaxshiroq o‘ynashimiz kerak endi”, deya futbolchilarni ruhlantirishi kerak edi. Aftidan, Valverde tanaffus vaqtida shogirdlari bilan yetarlicha ishlamagan ko‘rinadi.

“Levante” — La Ligada kutilmagan natijalar qayd etish bo‘yicha yetarlicha statistikaga ega. Menimcha, Valverde ushbu o‘yindan oldin raqibni sinchiklab o‘rganmagan. “Biz “Barselona”, u “Levante”, g‘alaba qozonamiz”, deya ortiqcha xotirjamlikka ham berilgandir. Agar “Levante”ni yaxshiroq o‘rganganida “Barselona” ikkinchi bo‘limda bunchalik sust harakat qilmas edi. Messining penaltidan urgan goli va Grizmanning o‘yindan tashqari holati tufayli hisobga olinmagan golni inobatga olmasak, “Barselona” tuzukroq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olgani ham yo‘q. Vaholanki, ilgari “Barsa” “Levante”dek klublarga qarshi o‘yinlarda hujumlar yomg‘irini yog‘dirardi.

Aftidan, chindan ham Valverde ketishi kerak. Ernestoning zaxirasidagi g‘oyalari ham tugadi. Ayni damdagi “Barselona” murabbiyning g‘oyasi bilan emas, yetakchi futbolchilarning tashabbusi bilan o‘ynayotgan klubga o‘xshayapti. Aytmoqchimanki, Valverde klubga tuzukroq g‘oya, tuzukroq taktikani singdira olayotgani yo‘q. Bunday holatda esa bitta yo‘l bor — vaqtni yo‘qotmasdan bosh murabbiyni almashtirish.

Oldin ham aytgandim, hozir ham takrorlayman, Valverde “Sevilya” bilan La Ligada kuchli to‘rtlikka kirishga intilgan, YECHL yoki Yevropa Ligasida uzoqroqqa borishni niyat qilib yurgan murabbiy. Bu uning eng yuqori natijasi, cho‘qqisi. Uning miyasi ana shu maqsadga olib boradigan taktikalar bilan to‘lib qolgan, bu taktika esa “Barselona”ning maqsadlari uchun yetarli emas. Valverde esa miyasini tozalab yangicha kuchli taktikalar o‘ylab topishga ojizlik qilyapti. “Barselona”ning g‘alabalari esa aqlli taktika tufayli emas, futbolchilarning individual mahoratlari yoki bosh murabbiyga bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa omillar tufayli yuzaga kelmoqda.

Valverdening eng katta kamchiligi — futbolchilarning ishonchini qozona olmagani. Ayni damda “Barselona” futbolchilarining Valverde bilan o‘z maqsadlariga erisha olishlariga ishonishmayotgani bor gap (garchi xorij OAVda boshqacha intervyu berishsa-da). Ishonchsizlik esa o‘z navbatida yetarlicha hurmat qilmaslikni, bo‘yin egmaslikni keltirib chiqaradi. Axir o‘zingiz ishonmaydigan, sizga foyda keltira olishiga, sizning orzularingizni amalga oshirishga ko‘maklasha olishiga ishonolmaydigan insoningizga bosh egmaysiz-ku... Hozir Messi va uning jamoadoshlari ana shu kayfiyatda.  Mavsum oxirida ketishi haqida turli gap-so‘zlar yangrayotgan Valverde esa “qovun tushirishdan” to‘xtamayapti.

“Hamma ayb Valverdeda emas”, dersiz. Ammo eng katta ayb Valverdeda. G‘oyalari ish bermayapti, o‘yin barqaror emas, belgilab olgan asosiy tarkibi esa doim ham ishonchli o‘ynamayapti, tarkib tanlashda ham adashmoqda, futbolchilar ko‘rsatmalarini to‘liq bajara olishmayapti, vaholanki, tarkibni uning o‘zi tanlagan. “Levante”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni omadsizlikka, tasodifga yo‘ygan taqdirimizda ham “Barselona”ning o‘yinida “Barselona”ga xos bo‘lmagan kamchiliklar, oddiy xatoliklar, ruhiy tushkunlik kuzatildi. Aybdor kim? Janob Valverde.

Ernesto — “Barselona” yukini ko‘tara olmayapti, bunday yukka o‘rganmagan ongi ojizlik qilmoqda, kifti bukchaymoqda. Bosim kuchaygani sari esa ahvol yomonlashishi, natija battar salbiylashishi mumkin. Shu bois o‘sha gap, Valverdega javob berib, boshqa murabbiyni olib kelgan ma’qul, nazarimizda.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:59, 02.11.2019.
O'qildi: 9645 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик