Darhaqiqat, sport olamidagi mashxur insonlarning do‘stlarining aksariyati taniqli insonlar bo‘lishi tabiiy xol. Zamomnaviy futboldagi ko‘plab futbolchilarning ham bundan mustasno emas. Xo‘sh ular qaysi sohaning yetakchi insonlari bilan do‘st? Bugun ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.
Habib Nurmagamedov va Ronaldu
Dog‘istonlik UFC chempioni yoshligidan Madridning «Real» jamoasining muxlisi ekanligini bir necha bor intervyularda oshkor qilganidan xabaringiz bor. Bundan bir necha yillar ilgari, Habib va Ronaldu o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay o‘z kasbining ustalari hayotda uchrashishdi. Avvaliga Madridda mehmon bo‘lgan Habib futbolchi bilan bir necha soat suhbatlashib o‘tirgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay ular Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham qalin do‘stlarga hos suhbat qurishdi. To‘g‘ri, Ronaldu Habibning Saudiya Arabistonida bo‘lgan jangida ishtirok eta olmadi, biroq buning uchun sportchidan omma oldida uzr so‘rab qo‘ydi. Hozirda Krish va Habib o‘rtasidagi do‘stlik tobora rivojlanib bormoqda.
Ronalduning shaxsiy muzeyida Habibning o‘sha mashxur bosh kiyimi bo‘lsa, Krish o‘zining bir nechta futbolkasini do‘stiga sovg‘a qilishga ulgurgan.
Andrey Shevchenko va Silvio Berluskoni
Ukraina futboli afsonasi va Silvio Berluskoni o‘rtasidagi aloqalar do‘stona ekanligi bir qarashda tushunarli. Silvio Shevchenko to‘p surgan «Milan» jamoasi rahbari va Sheva esa, uning sevimli futbolchisi. Shunday bo‘lsada, bu insonlar o‘rtasidagi do‘stlik bunday zaif narsalar ustida qurilmagan. Italiyaga yangi kelgan chog‘ida Shevchenkoning ko‘plab muammolarini hal etib bergan Berluskoni futbolchining oddiy va kamtarin yigitligi uchunyoqtirib qoladi. Shevchenko ham o‘z navbatida Italiya siyosati rahbari bilan samimiy suhbatlar qurar, unga Ukraina va Rossiyadagi hayot haqida so‘zlab berar edi. Ushbu do‘stlik shu darajaga borib yetdiki, Shevaning turmush qurushiga atab berilgan ziyofatni shaxsan Silvioning o‘zi saroyida tashkillashtirib berdi. Bundan tashqari, Andreyning katta o‘g‘lining cho‘qintirgan otasiga aylandi. Hozirda Ukraina terma jamaosini boshqarayotgan sobiq futbolchining aytishicha, ular o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlashgan. Shevaning aytishicha, ular har hafta bir bor bo‘lsada, telefonda uzoq suhbat qurib turishadi.
Mesut O‘zil va Rajeb Erdogan
Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi Mesut O‘zil va Turkiya prezidenti Erdogan o‘rtasidagi uchrashuv Yevropa matbuotida uzoq vaqt trend mavzuga aylanganidan xabaringiz bor. Erdogan Londonga kelgach, kelib chiqishi turk bo‘lgan Mesut O‘zil bilan uchrashib suhbatlashishni ixtiyor etadi. Uning chaqiruviga katta mamnuniyat bilan rozi bo‘lgan O‘zil o‘z libolaridan bir nechtasini Turkiya yetakchisiga sovg‘a qiladi. Bu insonlar o‘rtasida boshlangan aloqalar tez fursatda do‘stlikka aylanib ketadi. Ushbu voqeyadan so‘ng, nemis nashrlari O‘zilning ushbu harakatini juda qattiq qoralab chiqqan bo‘lsada, O‘zil Turkiya rahbariga bo‘lgan hurmatini bildirishda davom etdi va Erdogan janoblari va ularning oila a’zolar bilan Istanbulda tushlik qildi. Ko‘p o‘tmay esa, o‘zining nikoh to‘yida guvoh bo‘lishini Turkiya prezidentidan iltimos qildi. Eng qizig‘I shundaki, Erdogan janoblari futbolchining so‘zlarini ikki qilmadi va o‘z turmush o‘rtog‘I bilan Mesut O‘zilning nikoh to‘yida guvoh sifatida ishtirok etdi.
Devid Bekham va Gay Richi
Afsonaviy futbolchi va mashxur rejjisior o‘rtasidagi do‘stlik aloqlari o‘rnatilganiga deyarli 10 yildan oshmoqda. O‘zining kinolari bilan ko‘plab nufuzli tanlovlarda g‘olib chiqqan Gay Richi nafaqat Devidning balki, Bekhamlar oilasining ham qalin do‘sti hisoblanadi. Britaniyadagi eng mashxur ikki insoning tezda til topishib ketishlariga Beksning Richi suratga olgan reklama roliklarida ishtirok etishidan boshlangan edi. Avvaliga kadr ortida boshlagan do‘stona aloqalar hozirda hamkorlikka aylanib ketgan. Hozirda Richi va Devid bir nechta reklama kompaniyalariga asos solishgan va ularni rivojlantirishda davom etishmoqda. Bundan tashqari, Gay Richi Devidni kino olamida ham yulduz darajasiga olib chiqish haqida bosh qotirmoqda va Bekham ham bunga qarsh emas.