Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ravshan Ermatov: «Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin»

Ravshan Ermatov: «Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2019 yil 8 iyundagi 4-sonli bayoni asosida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Media-rejaga muvofiq bugun AOKA anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarning ijro etilishi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari – O‘FA birinchi vise-prezidenti – Ravshan Ermatov, O‘FA bosh kotibi – Avaz Maksumov, terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Haydarov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi – Vadim Abramov, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi – Ravshan Haydarov, shuningdek, O‘FAning tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Ochiq suhbat hamda savol-javob tarzida o‘tgan matbuot anjumanida turli mavzular, jumladan, futbolimizdagi og‘riqli nuqatalar, klublarni xususiylashtirish, bolalar futbolidagi muammolar, turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun futbolchi tayyorlashning yakdil tizimini yaratish, malakali futbol murabbiylarini yetishtirish, futbol sohasida faoliyat olib boradigan mutaxassislarni tayyorlash va boshqa qator mavzularda fikr va mulohazalar bildirildi.

- O‘zbek futboli haqida gap ketganda, avvalo yutuq hamda muvaffaqiyatlarimiz qatorida bir qancha muammolar, o‘z yechimini uzoq vaqtdan buyon kutayotgan masalalar ham bor ekanini alohida qayd etish lozim. Yaqinda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Osiyo futboli rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifani qabul qildilar va o‘sha uchrashuv mobaynida bugungi o‘zbek futbolining holati, uning yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqboli mavzusi batafsil muhokama etildi. Shu jarayonda bugungacha bir necha bor yurtimizda futbolni rivojlantirish bo‘yicha qaror va farmonlar qabul qilingani, lekin ularning ijrosi ta’minlanishida kamchiliklar kuzatilganini ta’kidlagan davlat rahbari endilikda chindan futbolning rivojiga turtki beradigan qaror loyihasini tayyorlash va O‘zbekistonda futbolning rivojlanishini tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdilar. Shu asosda hududlardagi mavjud muammolarni, bolalar va o‘smirlar futboliga e’tibor va sharoitni, mavjud infratuzilmalarni o‘rganib chiqib, kerakli xulosalarga ega bo‘ldik va endilikda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish ustida ish olib boramiz, - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Hududiy futbol assosiasiyalari faoliyati qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani bo‘yicha berilgan savolga javob berar ekan, O‘FAning hududiy futbol assosiasiyalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shirinov mazkur masala bo‘yicha muammolar so‘nggi vaqtlarga kelib bartaraf etila boshlanganini ta’kidladi.

- Aksariyat viloyatlar futbol assosiasiyalari nomigagina faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bu boradagi ahvolni o‘nglash maqsadida O‘FAda Hududiy futbol assosiasiyalari bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi. Natijada har bir viloyatdagi futbol assosiasiyasining ish-faoliyati o‘rganilib, nazorat amalga oshirila boshlandi. Har bir assosiasiyaga zarur yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar ishga taklif etildi. 2020 yildan boshlab har bir viloyat futbol assosiasiyasi o‘z hududiy chempionatini tashkil etish hamda bolalar futboliga e’tibor bo‘yicha katta hajmda ish olib bora boshlaydi, - dedi Baxtiyor Shirinov.

Klublar hamda futbol idoralarida faoliyat olib boruvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk malaka va mahoratga ega kadrlar yetishmovchiligi mavjud ekani borasidagi savolga Ravshan Ermatov javob berdi.

- Har bir sohada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimga ega kadrlar faoliyat ko‘rsatishi ish jarayonining ham unumli bo‘lishini ta’minlaydi. Xalqimizda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin”, degan naql bor, shu jumladan, futbol sohasida ham ko‘proq bu borada malakali mutaxassislar ishlagani maqsadga muvofiq. Bugungi kunda futbolning turli yo‘nalishida o‘z ishining ustasi bo‘lgan malakali mutaxassislarni yetishmasligi klublar, hakamlik, bolalar futbol maktablari, futbol akademiyalari, futbol infratuzilmasi, hududiy futbol assosiasiyalari talab darajasida faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Futbol akademiyasi hamda futbol maktablarini tamomlagach, har bir futbolchi ham professional futbol o‘ynab keta olmasligini yaxshi bilamiz va ularga futbolda ikkinchi imkoniyatni beradigan, ya’ni murabbiy, seleksioner (skaut), hakam, futbol menejerlari, futbol agentlari, marketing sohasi xodimlari, sport psixologlari kabi futbol mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha markaz tashkil etishni bugungi va ertangi kun futboli talab etyapti, - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari tomonidan, shuningdek, sport bilim yurtlarini futbol sohasi bo‘yicha tamomlab, ammo zarur lisenziyasi yo‘q ekani sabab murabbiy sifatida faoliyat olib bora olmayotgan bitiruvchilar soni oz emasligi bo‘yicha ham savollar berildi.

- To‘g‘ri, sport bilim yurtlarini futbol sohasi bo‘yicha tamomlab ham zarur lisenziyasi yo‘q ekani bois hatto bolalar jamoalarida murabbiy sifatida ish topa olmagan bitiruvchilar soni ko‘pchilikni tashkil etib keladi. Shu muammoga yechim topish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Unga ko‘ra, endilikda 3 hamda 4-kurs talabalari o‘qishni tamomlamasdan ham O‘FAning “D” hamda “C” lisenziyalariga o‘qish imkoniga ega bo‘lishadi, - dedi Avaz Maksumov.

Bundan tashqari terma jamoalarimizga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishning yagona tizimini yo‘lga qo‘yish masalasida O‘FA ish olib bormoqdami, degan savol bilan ham murojaat etildi. Bu savolga O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Haydarov javob berdi:

- Biz mazkur masalada ish jarayonini boshladik. Turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizda bir xil uslubni shakllantirish, bir terma jamoadan ikkinchisiga futbolchi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida yagona dastur ishlab chiqyapmiz. Uning asosida yosh hamda zamonaviy futbol ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni terma jamoalarimizga taklif etishni boshladik. Misol uchun, Server Jeparov ham endilikda o‘smirlar terma jamoalarimizdan birida murabbiy sifatida ishlaydi. Sekin-asta barcha terma jamoalarimizda yagona uslubni shakllantirib, yosh terma jamoalardan olimpiya va milliy jamoaga mahoratli o‘yinchilar yetkazib berish bo‘yicha yakdil tizimni yo‘lga qo‘yamiz, - dedi Azizbek Haydarov.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan matbuot anjumanida yana bir qator masalalar bo‘yicha fikr almashildi, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savol, taklif va mulohazalarni bildirishdi. O‘FA vakillari ham savollarga batafsil munosabat bildirib, mavjud yutuq hamda kamchiliklar xususida bafurja to‘xtalib o‘tishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:52, 05.11.2019.
O'qildi: 7649 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.