Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish, hakamlar tomonidan o‘yinlarni boshqarishda halollik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o‘yinlar davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilmoqda.

Bugun O‘FA majlislar zalida Superliga va Pro-ligada faoliyat yuritayotgan hakamlar uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminar davomida so‘nggi turlarda ishlagan hakamlarning hatti-harakatlari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolar ko‘rsatib o‘tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov seminarda ishtirok etgan barcha hakamlarga murojaat qilib, quyidagi fikrlarini aytib o‘tdi:

- Yuqori saviyali futbolni sifatli hakamliksiz qurib bo‘lmaydi. Shuning uchun biz har bir Superliga va Pro-liga o‘yinlaridagi vaziyatlar hamda xatolarni tahlil qilib, keyingi uchrashuvlarda ushbu yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni qaytarmasligimiz muhim. Aynan shuning uchun biz bu seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydik va eng muhimi – har bir o‘yinni adolat bilan boshqarishingizni futbol va futbol muxlislari kutyapti, - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Kunning birinchi yarmida asosan oxirgi turlardagi hakamlar harakatlari tahlil etilgan bo‘lsa, tushdan so‘ng maydonda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Uchrashuvlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli bahsli vaziyatlar bevosita maydonning o‘zida bajarilib, shunday holatlarda qay tarzda adolatli qaror chiqarish mumkin ekani tajribali nazoratchi va yo‘riqchilar tomonidan tushuntirildi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:34, 05.11.2019.
O'qildi: 3155 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.