Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Mahmud UFCdagi ikkinchi jang bo‘yicha kelishuvga erishdi

Mahmud UFCdagi ikkinchi jang bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Muradov (23-6, 14 KO) UFCdagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Muradov MMAning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFCdagi ikkinchi jangini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Hozircha jang qachon bo‘lib o‘tishi aniq emas. Manbalarga ko‘ra, bu UFC kechasi 2020 yilning boshida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak raqib haqida ham tez orada ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov UFCdagi debyut jangini 28 sentyabr kuni o‘tkazgandi. Daniya poytaxti Kopenhagenda UFC Fight Night 160 turniri doirasida u italiyalik Alessio di Kirikoga (12-4, 9 KO) qarshi oktagonga chiqib, uch raund yakunlariga ko‘ra, ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Mahmud Muradov UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Jangdagi natijalarga qarab bu muddat yana uzaytirilishi mumkin bo‘ladi. U mazkur nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 16:35, 06.11.2019.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.