Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

YECHL. «Manchester Siti» so‘nggi 10 daqiqada darvozabonsiz o‘ynab, durangni saqlab qoldi (videosharh)

YECHL. «Manchester Siti» so‘nggi 10 daqiqada darvozabonsiz o‘ynab, durangni saqlab qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

"Atalanta" Yevropa chempionlar ligasidagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.

Italiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinning 6-daqiqasida "Manchester Siti" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bernardu Silva tomonidan yetkazilgan uzatmani Jezus raqib jarima maydoni ichida tovoni bilan Sterlingga qoldirdi. Rahim yakkama-yakka vaziyatda darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.

Gvardiola shogirdlari tanaffusga qadar katta ustunlikka ega bo‘lib, juda kko‘p vaziyatlar yaratishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Ayniqsa, 40-daqiqada belgilangan penaltini Jezus juda noaniq yo‘lladi.

"Atalanta" esa ikkinchi bo‘limga boshqacha kayfiyatda chiqib, tezda hisobni tenglashtirdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Pashalich bosh bilan raqib darvozasi joylab qo‘ydi.

O‘yinning 81-daqiqasida esa "Siti" posboni Bravo yakkama-yaka vaziyatga chiqib borayotgan Ilichichni jarima maydoni tashqarisida yiqitdi. Hakam unga darhol qizil kartochka ko‘rsatdi. "Shaharliklar"ning asosiy posboni Ederson birinchi bo‘limda yengil jarohat olgani uchun Klaudio ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan edi. Shu bois, "Manchester Siti"da boshqa darvozabon qolmagan edi. Kayl Uoker zaxiradan maydonga tushib, darvozabon pozisiyasini egallagan. U jarimadan yo‘llangan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida mehmonlar yaxshi himoyalanib, durangni saqlab qolishdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 4-tur.
"C" guruhi
Atalanta Italiya – Manchester Siti Angliya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Sterling, 1:1 – 49 Pashalich.
Atalanta – Gollini, Toloi, Palomino, Gimshiti, Xatebur, de Ron, Froyler (Malinovskiy, 84), Kastan (Muriel, 90), Gomes, Ilichich, Pashalich.
Manchester Siti – Ederson (Bravo, 46), Joau Kanselu, Otamendi, Fernandinyo, Mendi, de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva, Mahrez (Uoker, 85), Gabriel Jezus (Aguero, 73), Sterling.
Ogohlantirishlar: Gimshiti (27), Toloi (39), Ilichich (42), Fernandinyo (70), Kastan (79), Mendi (90), Bernardu Silva (90).
Chetlatish: Bravo (81).
Noaniq penalti: Jezus (40, noaniq zarba)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:55, 07.11.2019.
O'qildi: 9664 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик