Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

AGMK "So‘g‘diyona" hamda "Andijon"ga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazadi

AGMK "So‘g‘diyona" hamda "Andijon"ga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superligada yuzaga kelgan tanaffus munosabati bilan jamoamiz futbolchilariga berilgan qisqa muddatli ta’til tugadi va bugundan AGMK mashg‘ulotlarni tikladi.

Qibrayda yig‘ilgan jamoamiz a’zolari bugundan e’tiboran Superliganing oxirgi 3ta turi doirasidagi o‘yinlar va Liga Kubogi finaliga tayyorgarlik jarayonini boshladi.

Mazkur yig‘in doirasida jamoamiz ikkita nazorat uchrashuvini ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki nazorat bahsini 11 noyabr kuni "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘tkazsak, oradan bir hafta o‘tgach, ya’ni 18 noyabrda "Andijon" jamoasi bilan bellashuv o‘tishi rejaga kiritilgan.

Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida futbolchilarning o‘yin amaliyoti mazkur o‘tkaziladigan nazorat bahslari orqali saqlab qolishga qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, AGMK joriy mavsum yakunida yana to‘rtta o‘yin o‘tkazadi. Chempionat doirasida avval Qo‘qonga safar qilinsa, keyinchalik Olmaliqda "Qizilqum" bilan uydagi yopilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Superligadagi oxirgi turni esa jamoamiz Buxoroda o‘tkazadi. Shuningdek, qish faslida esa Liga Kubogi finali orqali mavsumga yakun yasaladi. Bo‘lajak muhim o‘yinlarga esa AGMK mazkur yig‘in orqali qizg‘in hozirlik ko‘radi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 10:37, 08.11.2019.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик