"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko RPLning 16-turida "Krilya Sovetov" bilan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ushbu mavsumda 10 ta gol urgan raqib hujumchisi Aleksandr Sobolevning o‘yinini baholadi.
"Sobolev ajoyib o‘yinchi", dedi Tedesko.
- U nafaqat gol uradi, balki jamoa uchun astoydil ishlaydi, sheriklariga yordam beradi.Qarshi hujumlarda "Krilya Sovetov" yaxshi o‘naydi, bunday vaziyatlarda u juda muhim, u to‘pga egalik qilishi va uni ushlab turishi mumkin.
"Krilya" qanotlardan juda ko‘p uzatmalar amalga oshiradi va bu yerda ham Sobolev xavfli. Umid qilamanki, ertangi bahsda u o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmaydi - dedi Tedesko.