Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari "Paxtakor" stadionida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. Vadim Abramov boshlang‘ich tarkibda asosiy milliy chempionatimizda o‘ynayotgan futbolchilarni tushirdi.

Vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Turg‘unboyev o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, Ismoilovni to‘p bilan ta’minladi. Abror jarima maydoniga kirdi va darvoza oldida ochilgan Sergeevga pas berdi. Igor esa, himoyachi va darvozabonning orasidan o‘tgan to‘pni bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

Bahsning 30-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarishdi. Qirg‘izistonlik futbolchi 12 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p Suyunovning qo‘li orqali ustunga tegib qaytdi. Farhod Musabekov esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda bosh murabbiyimiz bir necha nafar futbolchini maydonga tushirib, tarkibni kuchaytirdi. Bu esa tezda o‘z samarasini berdi. Ahmedovning olis masofadan bergan uzatmasidan keyin Hamdamov daraozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani zabt etdi.

O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida O‘zbekiston uchinchi to‘pni Qirg‘iziston darvozasiga joyladi. Hamdamov o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib, orqaroqda ochilga sherigiga uzatma berdi. Iskandarov esa o‘ng oyoqda zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan Qirg‘izistonni mag‘lub etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" stadioni | 17:00
9 noyabr (shanba)
O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON - 3:1 (1:1)
Gollar: Igor Sergeev (11), Dostonbek Hamdamov (52), Jamshid Iskandarov (81) — Farhod Musabekov (30)
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Sharof Muhitdinov, Islom To‘xtaxo‘jayev (Rustam Ashurmatov 46), Odil Ahmedov, Murod Xolmuhammedov (Hojiakbar Alijonov 64), Odil Hamrobekov (Luftulla To‘rayev 58), Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov (Ikrom Aliboyev 46), Xurshid G‘iyosov (Jamshid Iskanderov 70), Aziz Turg‘unboyev (Doston Hamdamov 46), Igor Sergeev.
Qirg‘iziston: Pavel Matyash, Odiljon Abdraxmanov, Mustafa Yusupov, Tamirlan Kozubayev, Akramjon Umarov, Bekjan Saginbayev, Edgar Bernxardt, Farxat Musabekov, Guljigit Alikulov, Mirlan Murzayev, Vitaliy Lyuks.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:53, 09.11.2019.
O'qildi: 6577 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик