Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

5-o‘rinda “SHeffild Yunayted”: sensasiya ko‘ramizmi?

5-o‘rinda “SHeffild Yunayted”: sensasiya ko‘ramizmi?

Baho:
+ | -

APL boshlanishidan oldin 12-turdan keyin 5-o‘rinda qaysi jamoa bo‘ladi, degan savolga qanday javob bergansiz? “Everton”, degandirsiz, yoki “Lester” degandirsiz, yoki “MYU”, “Arsenal”. Ammo “Sheffild Yunayted” demaganligingiz aniq.

Ammo ayni damda siz-u bizni hayron qoldirgancha “Sheffild Yunayted” 5-o‘rinda turibdi. Eng maqtovga sazovor tomoni, bu jamoa 12-turda “Tottenxem” bilan durang o‘ynadi. G‘alaba qozonishiga ham bir bahya qoldi hatto. Boshqa o‘yinlarda ham “Sheffild” futbolchilari ajoyib harakat qilishyapti.

Ushbu jamoa oxirgi marta 2006-2007 yillardagi mavsumda APLda o‘ynagan. Ammo o‘sha mavsumda 18-o‘rinni egallab, Chempionshipga tushib ketgan. Keyin esa hatto Liga 1 da ham qatnashishga majbur bo‘lgan.

2013 yilda Saudiya shahzodasi Abdulla bin Mosaad bin Abdulaziz Al-Saud klubning 50 foiz aksiyasini sotib oladi. Bu vaqtga “Sheffild Yunayted” Chempionshipga chiqish uchun kurashayotgandi. Klubning yangi rahbari jamoa oldiga tezroq APLga chiqish vazifasini qo‘yadi. Nihoyat, 2018/2019 yillardagi mavsumda jamoa Chempionshipda chempion bo‘lib, APLga qaytdi.

Saudiyalik amaldor klubga yaxshigina sarmoya ajratmoqda. Bu esa futbolchilarda umid uyg‘otdi. “Sheffild Yunayted” ustozi Kris Uaylderning aytishicha, aynan shu ishonch shogirdlarini yana olg‘a intilishga undayapti.

“Sheffild Yunayted” ustozi jamoaga barqaror taktikani singdira oldi. Qolaversa, ruhiy jihatdan futbolchilar bilan yaxshi ish olib borilyapti. Jamoa 12 ta o‘yinning hech birida cho‘chib yoki hayajonlanib harakat qilgani yo‘q. Hatto mag‘lubiyatga uchraganida ham “Sheffild”ning o‘yinida taktika, mazmun bor.

Shu o‘rinda statistikaga e’tibor qaratsak. “Sheffild” ortda qolgan 12 ta o‘yinning 4 tasida zafar quchgan. Jamoa mag‘lub etgan klublar orasida “Arsenal” ham borligi e’tiborga molik. Uchta o‘yinda esa “Sheffild” mag‘lub bo‘lgan. “Lester”ga, “Sautgempton”ga va “Liverpul”ga yutqazgan. “Lester”ning hozirgi holati qanchalik yaxshi ekanligini bilasiz, “Liverpul”ni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. “Sheffild” 5 ta o‘yinda durang qayd etgan. Jamoa “Chelsi” va “Tottenxem” bilan durang o‘ynashga erishgan. Jamoaning yana bir maqtovga arzigulik natijasi “Everton”ni ishonchli hisobda (2:0) mag‘lub etganidir. Bu o‘yinlarda “Sheffild” 12 ta gol urib, 9 ta gol o‘tkazgan. Quyi ligadan chiqib kelgan jamoa uchun yomon natija emas.

“Shporlar”ga qarshi bahsda, ayniqsa, “Sheffild”ning nimalarga qodirligi ko‘rindi. Agar mavsum so‘nggigacha ana shu tempni saqlab qola olsa, keyingi mavsumni xalqaro turnirlarda ishtirok etishi ham hech gap emas.

APL — har doim har qanday syurpriz sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turnir. Shu bois “Sheffild”dan ham chempion bo‘lishini kutishga haqimiz bor. Shaxsan men bu mavsumda ham kutilmagan, sensasion natija qayd etilishini istardim. Bizda ayni damda “Sheffild Yunayted”ning muxlislari juda kam, ammo umid qilamanki, mavsum so‘nggida ushbu jamoaning muxlislari ham ko‘payib qoladi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:44, 11.11.2019.
O'qildi: 5665 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.