Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

WBC yangilangan reytingida katta o‘zgarishlar. O‘zbekistonlik bokschi ikkinchi rasmiy da’vogarga aylandi

WBC yangilangan reytingida katta o‘zgarishlar. O‘zbekistonlik bokschi ikkinchi rasmiy da’vogarga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks kengashi (WBC) oktyabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Ahamiyatli tomoni, super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog‘onasidan ikki pog‘ona yuqorilab 2-o‘ringa ko‘tarildi. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda. WBC mazkur reyting yetakchisi turkiyalik Avni Yildirimni (21-2, 12 KO) chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogar sifatida e’lon qildi va chempion David Benavides (22-0, 19 KO) bilan tez orada jang o‘tkazishi bo‘yicha buyurtma berildi. Aynan mana shu jangdan so‘ng Azizbek Abdug‘ofurov chempionlik uchun birinchi raqamli majburiy da’vogarga aylanadi.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi o‘rnini saqlab qolgan holda 5-o‘rinda bormoqda. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-o‘rinlarni egallab turibdi.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana besh nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) yana bir pog‘ona yuqorilab 22-o‘rinda qayd qilingan. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) ham bita o‘rin ko‘tarilib, 28-pog‘onani band etib turibdi. Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) bir pog‘ona pastlab 39-o‘rinda qayd qilingan.

Shuningdek, yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagi bir yo‘la 9 pog‘ona yuqorilashdan so‘ng bu safar uch pog‘ona pastlab 34-o‘rindan joy olgan. O‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan.

 
Manba: gosport.uz
Kiritildi: 12:37, 12.11.2019.
O'qildi: 3498 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик