Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Devid Bekhemni hayratda qoldirgan futbolchilar

Devid Bekhemni hayratda qoldirgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizga oid yangi intervyular to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz. Bugun futbol afsonasi Devid Bekhemning e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Ueyn Runiy



Ueyn Angiliyaning eng buyuk klubining tirik afsonasi sanaladi. Uning MLSga tashrifi butun boshli chempionatning saviyasi yo‘qorilashini ta’minlab beradi. Runiy istalgan daqiqada o‘z imkoniyatlarini namoyish etishi va o‘yin tizginini to‘liq boshqa tomonga burib yuborishga qodir. U nafaqat APL, balki butun Angliya futbolining chinakam yulduzi. U haqida uzoq so‘zlashim mumkin. Nega deysizmi? Sababi, men uning muxlisiman.

Neymar


Neymarning nimalarga qodir ekanligi uning «Santos» klubi bilan shartnoma tuzishdan avval ham yaqqol ma’lum edi. 17 yoshida butun dunyoni o‘zi haqida so‘zlashga majbur eta olgan futbolchilar oramizda juda kam. Boz ustiga, Neymar o‘z o‘yin uslubi va futbolga qarashiga ega yigit. U kabi tug‘ma iqtidorli futbolchilar bir avlodda faqat bir borgina tug‘iladi. Uning maydondagi chiroyli harakatlari muxlislarni o‘z o‘rnidan turib ketishiga majbur qiladi.

Ronaldu


Krish bilan ko‘p bor muloqatda bo‘lganim bois, uni inson sifatida hurmat qilaman. Uning maydondagi harakatlari barchani lol qoldiradi. Futbolning ravnaq topishi va katta biznesga aylanishida Krishning tutugan o‘rni beqiyos. To‘g‘ri, «Real Madrid»dan ketgach futbolchining o‘yinlarida pasayish kuzatildi, biroq bu odatiy xol. Hech bir futbolchi sport kun tartibiga rioya qilish borasida uning oldiga tusha olmaydi. Men uni robotga o‘xshataman. Ulkan natijalarga erishgan bo‘lsada, o‘z maqsadlari sari tinimsiz intilishda davom etayotganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Leo Messi



Ilk bor Messiga qarshi to‘p surgan o‘yinimni yaxshi eslayman. YCHL doirasidagi o‘yin edi. U meni huddi simyog‘ochni aldab o‘tgandek dog‘da qoldirganida, futboldan ketadigan vaqt bo‘lganini chuqur his etgan edim…

Messi va Ronaldu
 
Bu yigitlarning 30 yoshdan oshgan bo‘lsada, maydonda ko‘rsatayotgan hunarlarini tomosha qilish yoqimli. Ularni futbolni tark etishlari haqidagi gap so‘zlarni asosissiz deb hisoblayman. Ko‘plar qatori menda ham ularni bir jamoada ko‘rish orzusi mavjud. To‘gri, bu shunchaki orzu lekin futbolda nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Balki, ularning navbatdagi klubi MLSdagi «Inter» jamoasi bo‘lar?!

Zidan



U bilan mashg‘ulot o‘tkazish mening orzularimdan biri edi. Madridga ko‘chib o‘tgach, uning har bir harakatini o‘zlashtirishni istagan bo‘lsamda, birortasini ham o‘yinda amalga oshira olmagan edim. U shu qadar kuchli tehnika egasi ediki, boshqa birorta futbolchi bilan solishtirishning iloji yo‘q. U nafaqat futbol ichida balki, uning tashqarisida ham katta xo‘jayinlar qatoriga kirar edi. U o‘zining  yetakchiligi bilan ajralib tursada, juda samimiy inson. Zidan futbol salohiyatini qay darajada ekanligini murabbiylik davrida ham barchaga namoyish qilishni uddaladi. Men Zidan singari buyuk futbolchi bilan bir jamoada to‘p surganimdan faxrlanamn. U barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:28, 12.11.2019.
O'qildi: 7641 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.