Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

IBF reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinda?

IBF reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks federasiyasi (IBF) professional bokschilarning oktyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

E’lon qilingan yangi reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, u 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi. Abduqahhorov ayni vaqtda WBC reytingida beshinchi, WBO reytingida esa 11-o‘rinni egallab turibdi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) mazkur yo‘nalish reytingida sentyabr oyida bo‘lgani 6-o‘rindan joy oldi. Super yengil vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 15-o‘rinda qayd qilindi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida oltinchi, WBO reytingida o‘n birinchi, WBC reytingda esa 28 o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida Shahram G‘iyosov WBA reytingida yettinchi, WBC reytingida esa 22-o‘ringa joylashib olgan

IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 09:56, 13.11.2019.
O'qildi: 3077 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик