Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«A» Pro-liga g‘olibi «Mash’al»ga kubok qani?

«A» Pro-liga g‘olibi «Mash’al»ga kubok qani?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«A» Pro-ligada o‘tkazilgan so‘nggi 28-tur uchrashuvlari bilan musobaqa yakuniga yetdi. Muborakning «Mash’al» klubi turnir g‘olibi sifatida kelasi yilgi Superliga bahslariga yo‘llanma oldi.

Asror Aliqulov shogirdlari 55 ochko bilan 1-o‘rinni egallashdi. Muborak klubi Superliga yo‘llanmasi uchun kurashda Farg‘onaning «Istiqlol», Toshkentning «Oqtepa», G‘uzorning «Sho‘rtan», Farg‘onaning «Neftchi», Urganchning «Xorazm» klublarini ortda qoldirdi. So‘nggi ikki o‘rinni esa «Sherdor» va «Iftixor» jamoalari band etishdi.

E’tiborlisi, mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyin «Mash’al» jamoasi klubning «Telegram»dagi rasmiy kanali orqali turnir tashkilotchilariga haqli kinoya va savol bilan murojaat qildi:

«O‘tgan mavsum «A» Pro-ligada «Andijon» g‘olib bo‘lgach kubok topshirildi. Bu mavsum «Mash’al» chempion!! Lekin kubok qani!?» - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Chindan ham A Pro-liga o‘tgan yilgi mavsumining 35-turida «Andijon» o‘z maydonida «Istiqlol»ni qabul qilib, Sherzod Qosimov boshqargan bahsda qanday g‘alaba qozongani hamda shaxsan PFLning sobiq rahbari qo‘lidan kubokni qo‘lga kiritgani ko‘pchilikning yodida.

Manba: triubna.uz
Kiritildi: 13:09, 14.11.2019.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик