Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar jamoaning lazaretini tark etdi.
Le Figaro nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, braziliyalik futbolchi jarohatidan butkul xalos bo‘ldi va jamoaning keyingi haftadan boshlanadigan mashg‘ulotlarida ishtirok etishga tayyor.
Shuningdek, jamoa himoyachisi Toma Menye ham jarohatidan qutildi.