Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona» Bastoni o‘rniga APLdan zo‘r nomzod topdi

«Barselona» Bastoni o‘rniga APLdan zo‘r nomzod topdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yangi markaziy himoyachi izlashda davom etmoqda. Kataloniya grandining asosiy nishoni sifatida hamon Milanning «Inter» klubi a’zosi Alessandro Bastoni ko‘rilmoqda, biroq uning narxi juda balandligi sababli transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Diario Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»da italiyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda «B rejasi» mavjud: muqobil variant sifatida «Tottenxem» sardori Kristian Romero belgilangan. Argentinalik futbolchi La Ligada to‘p tepishdan xursand bo‘lishini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, agar «shporlar» Premyer-ligani tark etadigan bo‘lsa, 28 yoshli futbolchini ancha arzon narxga qo‘lga kiritish imkoniyati tug‘ilishi mumkin. Transfermarkt portali Romeroning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:44, 29.04.2026.
O'qildi: 4959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик