«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya klubdagi murakkab davr fonida jamoani tark etishi mumkin. Futbolchi «Barselona»ga qaytish imkoniyatiga ijobiy qaramoqda. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Ferran Martines xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda 27 yoshli futbolchining vakillari «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku bilan aloqaga chiqishmagan. Ta’kidlanishicha, Kukurelyaning transferi uchun taxminan 50 million yevro miqdorida narx belgilangan. Ehtimol, «Chelsi» futbolchisining sotib olinishi «Barselona» o‘z asosiy himoyachilaridan birini sotishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kukurelya 2012 yildan 2020 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













