Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Vadim Abramov: «Ayting, qaysi darvozabonni chaqiraylik?»

Vadim Abramov: «Ayting, qaysi darvozabonni chaqiraylik?»

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan bahsda Falastin termasini qabul qiladi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va termamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etib, savollarga javob berdi.

Vadim Abramov: Ertaga bizni muhim o‘yin kutyapti. Saudiyaga yutqazganimizdan so‘ng guruhdagi vaziyat o‘zgardi, ammo maqsadimiz o‘zgarmadi.

O‘z maydonimizda o‘ynaymiz g‘alaba qozonishimiz shart. Ertaga g‘alaba qozonib, keyingi yil haqida o‘ylashimiz kerak.

 Jaloliddin Masharipov: Ertangi o‘yin muhim o‘yinlarimizdan biri deb bemalol ayta olaman. Sababi birinchi o‘yinimizda safarda mag‘lub bo‘lganmiz. Ertaga qanchalik muhim o‘yin ekanligini futbolchilar tushunib turibdi. Saudiyaga qarshi o‘yindan keyin muxlislarimiz oldida uyatli bo‘lib qoldik. Ertaga g‘alaba qozonib, ularni xursand qilamiz.

Abramov: Futbolchilarga mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Ertaga maydonga chiqib Saudiyaga qarshi o‘yin tasodif tufayli yutqazganimizni isbotlashi kerak. Biz muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz.

Krimes shamollab qoldi va afsuski Falastin bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Uni Falastinga qarshi o‘yinda maydonga tushirmoqchi edik. Raqib safida bo‘ydor hujumchi bor. Endi buni o‘ylab ko‘ramiz.

Odil Ahmedov va darvozabon haqida...

Odil Ahmedovga kelsak o‘z vaqtida Shaskixni ko‘p tanqid qilishardi. Sababi terma jamoa yutqazsa eng birinchi yetakchilar tanqid qilinadi. Masalan, Argentina yutqazsa Messini tanqid qilib tashlashadi. Eldorbek Suyunov ayni paytda terma jamoaning birinchi raqamli posboni. Kelinglar bu siklni tugatib olaylik. U hali darvozabonlar uchun yoshi ancha yosh. Darvozabonar menimcha, 30 yoshdan so‘ng o‘zining optimal formasiga kirib borishadi. Kimni taklif qilasiz? Botirali Ergashev? O‘tkir Yusupov? Hozir ancha darvozabonlarni sanashingiz mumkin, keyingi safar boshqa darvozabonlarni chaqirsak yana boshqa 3-4 nafar futbolchini taklif qilasizlar..

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:55, 18.11.2019.
O'qildi: 17036 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.