Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

APL. «Manchester Siti» «Chelsi»ni mag‘lub etdi (videosharh)

APL. «Manchester Siti» «Chelsi»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi. Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" ketma-ket 6ta o‘yindan beri g‘alaba qozonib kelayotgan "Chelsi" ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Dastlabki 10 daqiqa ichida tomonlar bittadan xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo Kevin de Bryuyne va Villianning zarbalariga birozgina aniqlik yetishmadi. Uchrashuvning 16-daqiqasida esa londonliklar burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Ammo yosh Fikayo Tomorining zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida esa Ngolo Kante "Chelsi"ni oldinga olib chiqdi. Fransiyalik futbolchi Mendi bilan to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va unchalik kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

"Shaharliklar" esa tezda o‘zlariga kelib olib, hisobni tenglashtirishdi. Kevin de Breynening zarbasidan so‘ng rekoshetga uchragan Kepa Arrisabalaga qo‘riqlayotgan darvozaga borib tushdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Mahrez individual mahorati evaziga "Siti"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Jazoirlik futbolchi o‘ng qanotda ikki futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p olis burchakka kirib ketdi.

Taym tugashiga 2 daqiqa qolganida "Chelsi" darvozabonining qo‘pol xatosini Aguero jazolashi mumkin edi, ammo argentinalik futbolchining zarbasidan keyin to‘singa tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kante "dubl"ni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq uning 10 metrlardan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet orqali maydonni tark etdi.

Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sterling uchinchi to‘pni "Chelsi" darvozasiga joylagandi, lekin VAR kichik ofsaydni aniqladi va gol bekor qilindi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Manchester Siti" 28 ochko bilan jadvalda "Chelsi"ni quvib o‘tib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 13-tur
Manchester Siti – Chelsi 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 21 Kante, 1:1 – 29 de Bryuyne, 2:1 – 37 Mahrez.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Mendi, Stounz, Fernandinyo, Rodri Ernandes (Gyundogan, 52), Silva (Foden, 67), Sterling, de Bryuyne, Mahrez, Aguero (Gabriel Jezus, 77).
Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Tomori, Emerson (Jeyms, 59), Aspilikueta, Jorjinyo (Maunt, 74), Kovachich, Pulishich, Kante, Villian, Abraxam (Batshuayi, 73).
Ogohlantirishlar: Jorjinyo (61), Gyundogan (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:28, 24.11.2019.
O'qildi: 6121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.