Tojikistonda davom etayotgan “CAFA U-23 Women's Championship-2019” musobaqasi borgan sayin hal qiluvchi bosqichga kirib bormoqda.
Bugun jamoalar 4-tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan ikki jamoalar - O‘zbekiston va Eron o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi raqibalarini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylanib oldi.
26 noyabr (seshanba)
O‘zbekiston – Eron 3:0
Gollar: Nilufar Qudratova (14), Umida Zoirova (65), Dildora Nozimova (82).