Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Joau Feliks «Golden Boy-2019» sovrinini qo‘lga kiritdi

Joau Feliks «Golden Boy-2019» sovrinini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» yarim himoyachisi Joau Feliks Tuttosport nashri versiyasiga ko‘ra Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin har yili Italiya gazetasi tomonidan 21 yoshdan katta bo‘lmagan Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga topshirib kelinadi.

O‘tkazilgan so‘rovnomada 20 yoshli Feliks 322 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘ona Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga nasib etdi (175). Uchinchi o‘rinni «Bayer» yarim himoyachisi Kay Xaverts (75) egalladi.

Feliks yozgi transfer paytida 127 million yevro evaziga «Benfika»dan «Atletiko»ga o‘tgan edi. U La liga doirasida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

«Milan» posboni Janluidji Donnarumma esa 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng yaxshi italiyalik futbolchi deb topildi.

Top-5:

1. Joau Feliks («Atletiko») – 332

2. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 175

3. Kay Xaverts («Bayer») – 75

4. Erling Xoland («RB Zalsburg») – 74

5. Matteys de Ligt («Yuventus») – 71.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:28, 27.11.2019.
O'qildi: 3560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик