Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Xayrulla Hamidov maqolasi: Boshqa davr. Boshqa Manchester

Xayrulla Hamidov maqolasi: Boshqa davr. Boshqa Manchester

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hozirda youTubeda eng ko‘p ko‘rilgan arxiv o‘yinlardan biri haqida yozmoqchiman: MYU – Real. YECHL pley offi. 2003 yil. Butkul boshqa davrlar edi. Kasilyasdan so‘rang u davrning qanaqaligini:

Ispaniya “abadiy omadsiz”, Germaniya termasi markazida Torsten Frings o‘ynar, “Barselona” hujumida Klyuyvert – Saviola bilan tandem hosil qilgan davrlar. “Real” – galaktikos, Ronaldo ozg‘ingina yigit edi. Manchester-chi? Manchester chindan ham Manchester edi.

Madridda 1:3 hisobida yengilgan Fergyusonning jangga eng kuchlilarini tashlashdan boshqa chorasi qolmagan. Na iloj. Biroq, to‘xtang, to‘xtang, zaxira o‘rindig‘ida qoshi yorilgan bir yigit ko‘rinyapti. Ha-ya, Bekhem aynan shu o‘yindan oldin Serdan butsa zarbasini qabul qilib olgan, murabbiyning qaysarligi tufayli asosiy tarkibdan tushib qolgan edi-ku...

Uchrashuv hakami kim deysizmi? Albatta, Pyerluidji Kollina-da, yana kim bo‘lishi mumkin?! U o‘n bir daqiqa ichida ikki marta maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritishga ruxsat berdi. Ronaldo “Real”ning hisobini oshirgan.

“MYU” oldinga o‘tadi va bo‘lim tugashi arafasida Ruud van Nistelroy hisobni tenglashtiradi. 50-daqiqada Ronaldo odamning ustidan kulayotgandek yana farqni tiklab qo‘ygani yodimizda...

Kimdir sizga o‘sha kuni braziliyalik so‘yloqni ushlab qolish mumkin edi, desa, ishonmang, buning imkoni mutlaqo yo‘q edi. Sportda shunaqa damlar bo‘ladi. Rafa Nadal o‘z kitobida bu haqda zo‘r tushuntirib bergan: “Federer ba’zi o‘yinlarda mukamallikning cho‘qqisiga shu qadar chiqib oladiki, unga qarshi hech narsa qilib bo‘lmasligini anglaysan va bu bo‘rondan kamroq talafot bilan chiqishni o‘ylab kutishdan boshqa chorang qolmaydi!”

Ivan Elgera bo‘shashgan jamoasining avtogoliga mualliflik qilganda 52-daqiqa o‘tib borayotgandi.
Ronaldo “Old Trafford” ustidan kulishda davom etadi: 59-daqiqa – 2:3. Birinchi uchrashuvda ham “Real” uchta gol urganini eslang, qizil iblislar uylarida nima qilishmoqchi o‘zi?! Ronaldo boshqa bunaqa o‘yin o‘tkazmadi. Yagona fenomanal o‘yin sifatida eslab yurish uchun qilgandir balki.

Serning o‘sha oqshom chindan ham geniy ekanini ko‘rganmiz. Yana. Bekhemni, qoshi yorilgan Bekhemni, xotini Madriddan uy olib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan Bekhemni xaloskor rolida o‘ynash uchun jangga tashlagan. Beks ham xuddi Ronaldo singari boshqa takrorlanmaydigan o‘yinini o‘sha oqshomga atab qo‘ygandi. 71-daqiqagacha shundog‘am beshta gol ko‘rgan muxlislar – ichida bir yigitning xet-trigi bor – Devidning jarimasiga chidashlari mushkul edi. Bekhem shaxsiy kolleksiyasida saqlaydigan bu zarbasini Kasilyasni qimirlatmagan holda yo‘llagan.

85-daqiqada Beks yana gol uradi. Tasavvur qiling, 4:3 va o‘yin tugashiga 6-7 daqiqa bor. Ikki gol va birinchi o‘yinda xotirjam yenggan, javob bahsida Ronaldo xet-trik amalga oshirgan kechada “Real” musobaqadan chiqarib yuboriladi. Yo‘q, MYU o‘sha kuni 99-yilgi ertakning davomini yoza olmadi, biroq ushbu yorqin uchrashuvni kelajak avlod uchun olib qo‘ydi:

Yosh bolakaylar, Parij jamoasini zo‘r deb o‘ylayotgan, Siti ko‘chalaridagi bayramni live tomosha qilayotgan yangi avlod asr avvalida Manchesterning qizil tomonida mana shunaqa dahshatli kambeklar, gollar va asrga tatigulik qahramonliklar ko‘rsatilganini ko‘rib olishlari uchun saqlab qo‘ygan bo‘lsa kerak. Yo‘q, yo‘q, boshqa narsa uchun ko‘proq – hozirgi MYU futbolchilarini shu planka bo‘yicha o‘ynashga majbur qilish uchun. Shu darajaga intilish uchun. Bu libosni shunaqa qahramonlar kiyishga haqliligini eslatib turish uchun.
Yutqazilgan o‘yinlardan ham rolikbop kadrlar qoldirish uchun jamoa kamida MYU bo‘lishi kerak, tushunyapsizmi?

O‘tmishning eng yorqin klubini shu bois ham o‘sha paytda barcha-barcha, dushman klub muxlislari ham ich-ichlaridan hurmat qilishganiga endi ajablanmayotgan bo‘lsangiz, men tushuntirmoqchi bo‘lgan gaplarimni yetkaza olibman.

Xayrulla Hamidov

Kiritildi: 22:37, 27.11.2019.
O'qildi: 6662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.