Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘FA qoshida qator murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tmoqda

O‘FA qoshida qator murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda faoliyat olib borayotgan murabbiylar malakasi va mahoratini oshirish bo‘yicha bir qator dastur va loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

25 noyabr kuni “Bunyodkor” akademiyasida OFKning “B” diplomi dasturi bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslari uchinchi moduli start oldi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiylar tahsil olishmoqda. Kursni FIFA va OFK yo‘riqchisi Usmon Toshev olib bormoqda.

Shuningdek, “Chig‘atoy” bazasida ham OFKning “B” diplomi dasturi bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslari uchinchi moduli o‘tkazilmoqda. O‘quv jarayoniga FIFA va OFK yo‘riqchisi Islom Ahmedov rahbarlik qilmoqda. Ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlardan iborat kurs 29 noyabrga qadar davom etadi.

Navoiy shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida esa O‘FA Murabbiylik kurslarining birinchi moduli bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur kursga esa Yuriy Arslanov yo‘riqchi etib tayinlangan. Ushbu modul ham 29 noyabrgacha davom etadi. So‘ngra 25-28 dekabr kunlari ikkinchi modul tashkil etilib, murabbiylar imtihonlar topshirishadi.

Bundan tashqari bugundan Toshkentda O‘FA Murabbiylik kurslarining “C” lisenziyasi dasturi bo‘yicha kurslar boshlandi. O‘quv jarayonini yo‘riqchi Dmitriy Kim olib bormoqda. Mazkur kurs 7 dekabrga qadar davom etadi. Qayd etish joiz, kurs yakuniga ko‘ra imtihondan muvaffaqiyatli o‘tadigan murabbiylar O‘FAning 3 yilga mo‘ljallangan “C” lisenziyasiga ega bo‘lishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:00, 28.11.2019.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик