Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Andrey Shipilov: «Ketma-ket ikki mavsumdan beri 5-o‘rinni egallayotganimiz to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatadi»

Andrey Shipilov: «Ketma-ket ikki mavsumdan beri 5-o‘rinni egallayotganimiz to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “Surxon” (2:0) jamoalari uchrashuvidan so‘ng mezbonlar jamoasi ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Oldingi musohabalar davomida ham bir necha bor ta’kidlab o‘tganman, xalqimizda bir naql bor: "jo‘jani kuzda sanaydi", degan. Futbolga yo‘naltirsak, ochkolarni kuzda sanaymiz. Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Kech kuz bo‘lishiga qaramasdan maydonning holati qoniqarli. Kuchli shamol o‘yin sifatiga biroz ta’sirini ko‘rsatdi. Birinchi taym u bizning foydamizga xizmat qildi. Raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol etdik. Har ikkala golni betakror bo‘ldi, deyish mumkin. Butun taym davomida raqibga boshni ko‘tarish imkoniyatini bermadik. To‘p uchun barcha yakkakurashlarda, ta’qibda g‘olib chiqdik. Yigitlar ruhan juda ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surishdi. Barcha jabhalar bo‘yicha raqibdan ustunlik qildik.

Ikkinchi taymda esa rasional kuch sarflab, hisobni saqlab qolishga o‘ynadik. Bundan tashqari bu taymda shamolning yo‘nalishiga qarshi to‘p surish oson bo‘lmadi. Eng asosiysi yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni bekamu ko‘st ado etishdi. So‘nggi uchta turda biz o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qololdik. Raqib darvozasiga esa yettita to‘p kiritdik. O‘ylaymanki, bu yomon ko‘rsatkich emas. Yigitlardan ta’tilga ko‘tarinki kayfiyatda chiqib ketishlarini so‘ragandim, ular esa ko‘rsatmalarni aniq bajarishdi, bundan xursandman.

Ketma-ket ikki mavsumdan buyon chempionatni beshinchi o‘rinda yakunlayapmiz. Bu yil jamoalar soni ikkitaga oshgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik. Bu esa bizning to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanayotganligimizni isbotlaydi. Hamisha yutuqlar bor joyda kamchiliklar ham bo‘ladi. Biz ularni takrorlamay, bataraf etib boramiz. Imkon darajasida har mavsum ko‘rsatkichlarimizni yaxshilab, bir, ikki pog‘ona yuqorilashda davom etamiz", - dedi Andrey Sergeevich.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 07:53, 01.12.2019.
O'qildi: 2119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.