Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

La liga. «Barselona» Messining so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

La liga. «Barselona» Messining so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tdi. "Atletiko" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

O‘yin xavfli vaziyatlarga emas, kurashlarga boy bo‘ldi. Mezbonlar birinchi bo‘limda tajovuzkorroq harakat qilishga harakat qilgan bo‘lsalar, Valverde shogirdlari to‘pni nazorat qilishga intilishdi. Tanaffusga qadar Simeone shogirdlari golga tortadigan vaziyatni ko‘proq yaratishdi. Ayniqsa, Mario Ermoso 7 va 19-daqiqalarda o‘ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Uning birinchi zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda u Mark-Andre ter Shtegenni yakkama-yakka holatda dog‘da qoldira olmadi.

Bahsning 40-daqiqasida "ko‘k-anorranglilar" posboni yana bir nechta seyv namoyish qilgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Pikening zarbasidan so‘ng to‘p "Atletiko" darvozasi to‘siniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar to‘pga egalik qilish bilan birga bosimni ham oshirishdi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida ularning urinishlari o‘z samarasini berdi. Messi markaz bo‘ylab qisqa masofaga yurish qildi va jarima maydoni yarim aylanasi ichida turgan Suaresga uzatdi. Luis darhol Leoning chap oyoqda zarba berishi uchun qulay tarzda to‘pni qaytardi. "Barsa" sardori o‘z uslubida "billiardcha" zarba bilan darvoza burchagini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Barselona" Messining mahorati evaziga qiyin kechgan o‘yinda g‘alabani ilib ketdi. Jamoa o‘z ochkolarini 31taga yetkazib, yana 1-o‘ringa qaytdi. "Atletiko" esa jadvalda 6-o‘ringa tushib ketdi.

Ispaniya chempionati, 14-tur
Atletiko – Barselona 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 86 Messi.
Atletiko – Oblak, Trippyer, Ermoso, Felipe, Saul, Errera (Lodi, 87), Koke, Korrea (Lemar, 73), Tomas, Joau Feliks (Vitolo, 66), Morata.
Barselona – ter Stegen, Firpo, Pike (Umtiti, 83), Langle, Serji Roberto, de Yong, Rakitich, Artur (Vidal, 73), Suares, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Tomas (8), Firpo (18), Korrea (21), Pike (32), Rakitich (51), Langle (65), Vitolo (69), Felipe (73).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:50, 02.12.2019.
O'qildi: 10973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик