Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Emirining iste’fosiga Klopp va boshqalar qanday reaksiya bildirdi?

Emirining iste’fosiga Klopp va boshqalar qanday reaksiya bildirdi?

Baho:
+ | -

Unay Emirining iste’fosi borasida barchada turli fikr va mulohazalar mavjud. Xo‘sh APL murabbiylari bu haqida qanday fikrda? «Sports.ua» nashri taniqli murabbiylarning ushbu yangilikka qanday munosabat bildirishganini e’lon qildi.

Yurgen Klopp

Bu borada nima deyishim mumkin? Bu futbol. Menda hech qanday insayder ma’lumotlar yo‘q. «Arsenal»da nimalar sodir bo‘lganidan umumam bexabarman. Agarda rahbariyat jamoaning o‘yinidan yoki futbol sifatidan ko‘ngli to‘lmasa, hamkorlikni to‘xtatish huquqig ega. Bizning ishimiz ana shunday. Shartnomaga qo‘l qo‘yishdan oldin qanday bandlar bor ekanligini yaxshi bilamiz. Bu murabbiylar tanlagan yo‘l va biz yaxshi naijalar keltirishimiz shart. Ko‘plab murabbiylardan farqli o‘laroq Unay bir nechta ligalarda unumli ish olib bordi. «Arsenal»da hech narsa o‘xshamagan bo‘lsada, uni kelajakda ulkan g‘alabalar kutib turganiga ishonchim komil.

Gvardiola

Unay uchun juda afsusdaman. Murabbiylarning ishdan olinishi haqidagi barcha yangiliklar yoqimsiz eshitiladi. Bu iste’fo unga bo‘lgan munosabatimni zarracha o‘zgartirgani yo‘q. Unay Ispaniya va Fransiyada katta yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning natjalarini birov qaytara olishiga ishonmayman. To‘gri, bizda YCHLni 3 bor yutgan Zidan mavjud, biroq Unay ham 3 bor YLda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bu futbol va unda barcha narsa natijaga bog‘liq ekanligi barchaga ma’lum. Menimcha tez orada u o‘zi uchun yangi ish topadi.

Lempard

Menimchabundan qochishning ilojii yo‘q. Ayniqsa so‘nggi haftadagi kutilmagan voqeyalardan so‘ng ushbu iste’foning amalga oshganidan xayron qolmaslik kerak. Men murabbiylik nima ekanligini yaxshi bilaman. Xar bir murabbiyning o‘z etik va estetik uslubi mavjud. Ularning barchasi omadlilar atorida bo‘lishni istaydi, biroq barcha narsa ham siz istagandek ko‘rinish olavermaydi. Qarorni esa, rahabriyat qabul qiladi. Tashqaridan qaraganda, murabbiy uchun juda sharmandali xolat. U ushbu klubning ravnaqi yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi, klub esa, uni ishdan haydab yuboradi!

Mourinyo

Afsuski, bu yoqimsiz yangilik bo‘ldi. Men bu hisni bolalik paytimdayoq his etgan edim. O‘shanda dadamni bosh murabbiy lavozimidan ozod etishgan edi. O‘sha voqeyadan so‘ng, o‘zim ham vazifamdan ozod etildim va ushbu hisni chuqur his etdim. Hech qaysi murabbiyning ishdan ketishi meni hursand qilmagan va qilmaydi ham. Bunday xabarlardan so‘ng, nimalarnidir eslagandek bo‘laman. Unayning ishdan ketishi meni biroz xafa qildi, lekin bu hayot. Unay end biroz dam oladi va uning ortidan katta bir klub o‘zi izlab boradi va u yana o‘z ishiga qaytadi. Shunday ekan, qaddingni ko‘tar. Sening ortingan klublar izlab boradi.

Daniel Farke

Murabbiy va klub o‘rtasidagi aloqalar bir kun kelib o‘z yakuniga yetishi turgan gap. Afsuski, birorta murabbiyning ishdan ketgani haqida ma’lumotni eshitish juda og‘riqli. Hamkasbing sezayotgan og‘riqni ich-ichingdan his etgandek bo‘lasan. Har qanday iste’foga to‘g‘ri ko‘z bilan qarash lozim. Bu iste’foni yangi g‘oya, yangi rejalarning boshlanishi ekanligini his etish darkor. Agarda, ushbu omadsizlik borasida ko‘p o‘ylansa, keyingi faoliyatda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:00, 02.12.2019.
O'qildi: 4184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.