Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Sport» kanali texnik guruhi VAR tizimiga moslashtiriladi

«Sport» kanali texnik guruhi VAR tizimiga moslashtiriladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali hamkorlikda o‘zbek futbolida KATTA yangilikka qo‘l urish arafasida!

«O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida 2021 yildan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida videotakrorlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assosiasiyalari Federasiyasi, Osiyo Futbol Konfederasiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish masalasi ham kiritilgan.

Qaysidir sohada biror yangilikni amaliyotga joriy etish uchun ma’lum vaqt, malakali kadrlar va tajriba talab etiladi. Buni yaxshi anglagan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali hamkorlikda amaliy ishlarni boshlab yubordi. Ertaga, 4 dekabr kuni Paxtakor" va AGMK klublari o‘rtasida O‘zbekiston Liga kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Jarayonda O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali texnik va ijodiy guruhi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bundan asosiy maqsad, futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni ta’minlashdir. O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali jamoasi o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ish olib borishga doim tayyor!

Manba: https://t.me/uzsport_tv
Kiritildi: 08:11, 04.12.2019.
O'qildi: 7169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик