Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Futbolchilar «Oltin to‘p»ga Messi loyiq topilganiga qanday reaksiya bildirishdi?

Futbolchilar «Oltin to‘p»ga Messi loyiq topilganiga qanday reaksiya bildirishdi?

Baho:
+ | -

"Oltin to‘p" so‘rovnomasida Lionel Messi g‘olib chiqqanidan xabaringiz bor. Bugun ushbu voqeaga futbolilar tomonidan intervyularda ijtimoiy tarmoqlarda qanday izoh qoldirgani bilan tanishtarib o‘tamiz.

Karles Puyol

Leo seni tabriklayman. Senga shunga loyiq eding! Allaqachon ushbu sovrinni 6 bor yutishga muvaffaq bo‘lding. Ishonamanki, sen bu so‘rovnomada yana g‘olib chiqishni uddalaysan. Sening o‘yiningdan lazzatlanishga imkon berayotganingdan mamnunman. Sen ehtiros va futbolga bo‘lgan sevging bilan barchaga namuna bo‘lmoqdasan.

Arturo Vidal

Leo seni qutlamoqchiman. Sen yana bir bor birinchi raqamli futbolchi ekanligingni isbotlading. Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi bilan bir jamoada to‘p surganimdan faxrlanaman.

Neymar

Barchasi uchun rahmat. Tabriklayman aka!

Ronaldinyo

Endi ular senda oltita bo‘ldi. Bunday natija bilan seni tabriklamoqchiman. Ushbu natija yillar o‘tsada o‘zgarmay qolishiga aminman. Afsuski, Parij shahrida sen bilan uchrashishning iloji bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, yuragimda senga bo‘lgan hurmatning chegarasi yo‘q. Sen ishtirok etgan har bir uchrashuv shouga teng!

David Bekhem

Qirol! Do‘stim seni tabriklayman. Bu aql bovar qilmas natija. Oltita «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish orqali, sen futbolda barchadan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lding.

Virjil Van Deyk

Olti bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan inson hurmatga loyiq. Men juda yaqin kelgan edim, lekin Messidan kuchliroq futbolchi yo‘q. Erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Qachondir ushbu sovrinni qo‘lga kiritishga umid qilaman, lekin Ronaldu va Messi singari futbolchilar bor ekan, bu oson bo‘lmaydi. Hozir Gollandiya terma jamoasi yaxshi futbol namoyish etmoqda. Bir ko‘plab musobaqalarni o‘tkazib yubordik. Yozda o‘zimizni ko‘rsatishimiz shart.

Ter Shtegen

Uning oldida yana bir necha yillik kariyera mavjud. Biz uni «Barselona»da iloji boricha uzoqroq qolishini istaymiz. U futbolga bo‘lgan qiziqishi so‘nmagunicha biz bilan bo‘lishiga umid qilaman. U futbol uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan. Menimcha, u qolganlardan ko‘ra ko‘proq ushbu sovringa haqliroq.

Jorjo Kyellini

Ronaldudan o‘tgan mavsumda «Oltin to‘p»ni ochiqchasiga og‘irlashgan edi. «Real Madrid» uning «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Bu juda g‘alati qaror. Bu mavsumda teng kurash guvohi bo‘ldik. Modrichga hurmat saqlagan xolda shuni ma’lum qilishim lozim. Luka o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan bo‘lsa-da, sovringa loyiq emas edi. Bu Madrid tomonidan berilgan ishora edi. Ular Ronaldu sovrinni boshqa qo‘lga kiritmasligini istashdi. Virjil bu mavsumda YECHLda g‘olib chiqisha muvaffaq bo‘ldi. Mantiqan olib qaralsa, aynan u so‘rovnomda g‘olib chiqishi kerak edi. O‘tgan mavsumda Pogba yoki Grizman kuchli uchlikka ham kira olmagani tushunarsiz. FIFAning qarorlari tushunarsizligicha qolmoqda.

Robert Levandovski

Albatta, Messi buyuk futbolchi. Men uni navbatdagi sovrin bilan tabriklashim mumkin. Bu uning qo‘lga kiritgan birinchi «Oltin to‘p»i emas. U tarixdagi eng kuchli futbolchilardan biri. Zamonaviy futbolda kuchlilar ko‘p, lekin Leo ulardan yaqqol ajralib turishni uddalamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:12, 05.12.2019.
O'qildi: 21079 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.