Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘FA hamda MOQ rahbariyati O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylari bilan uchrashdi

O‘FA hamda MOQ rahbariyati O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Yanvar oyida Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Avval xabar berganimizdek, ertadan olimpiyachilarimiz musobaqaga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi yig‘inga kirishadi.

Yig‘in oldidan esa O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Olimpiya terma jamoamiz murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar, oldindagi yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini, Osiyo chempionatiga olib borilgan tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi. MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan do‘stona muloqot qilib, terma jamoadagi ichki muhit, futbolchilarning jismoniy hamda ruhiy tayyorgarligi bilan qiziqishdi. Terma jamoa a’zolariga zarur barcha shart-sharoit yaratib berilishi, ularning bor diqqat-e’tiborlari faqat va faqat oldindagi mas’uliyatli musobaqaga qaratilishi lozim ekani ta’kidlandi.

O‘z navbatida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bunday qo‘llab-quvvatlashdan mamnun ekanliklarini bildirib, terma jamoaning barcha a’zolari Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib borayotgani va zimmalaridagi ulkan mas’uliyatni his etib turishganini, nasib etsa qit’a birinchiligida bor mahorat ishga solinishini ta’kidlashdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:02, 06.12.2019.
O'qildi: 2281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.