Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Suares eng kuchli beshta hujumchi nomini aytdi

Suares eng kuchli beshta hujumchi nomini aytdi

Baho:
+ | -1

Yaqindagina Katoloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suarez “Bearfootball” nashri uchun kichik intervyu berib o‘tdi. Qizqarli o‘tgan suhbat davomida qahramonimip o‘zi yoqtirgan 5 ta hujumchilarni tartib bilan sanab o‘tdi. Hozir uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Men sen yoqtirgan 5 ta hujumchi nomini bilmoqchiman. Ularni pastdan tepaga qarata tartib bilan sanashing va nega aynan shu hujumchilarn tanlaganinga izoh berishing shart?!

Unday bo‘lsa, 5-o‘rinni Ramarioga beraman.

Senga uning o‘yinidagi eng yoqqan hislat nima?

Menga uning yakunlovchi palladagi o‘yinni manzur keladi. Undan so‘ng, Ronaldoni qayd etgan bo‘lar edim. Haqiqiysini! Aynan fenomenni 4-pog‘onaga joylashtiraman. U haqiqatdan ham kuchli hujumchi edi. Bundan tashqari, u o‘yin chog‘ida juda keskin va tezkor edi. Shuningdek, u juda aqlli futbol namoyish etar va Ramario singari so‘nggi zarbada betakror mahorat namoyish yetar edi.

3-o‘rinni o‘zim uzoq vaqt birga to‘p surgan futbolchiga bermoqchima. U Diyego Forlan. Men u bilan terma jamoa safida birga to‘p surganman. Ajoyib o‘yinchi. Uning o‘yinga bo‘lgan qarashi yorqin edi. Eng muhimi esa, u jamoaga o‘ynaydi. U ko‘p gol kirituvchi hujumchilar sirasiga kiradi. Forlan istalgan masofadan gol kiritishi mumkin. Uni juda sifatli hujumchi deb bilaman. 2-o‘rinni esa, Batisutaga beraman.

Batigol?!

Ha albatta, u mening eng yoqtirgan futbolchilarimdan biri. Yoshlik chog‘larimda aynan uning o‘yinlarini kuzatib borar edim. U maydonda 9-raqam vazifasini ajoyib tarzda uddalar edi. Jarima zarbalarini ham yahshi ijro etar va jamoaviy o‘yinga moslashgan hujuchi edi. Eng muhimi esa, u shaxs sifatida menga juda manzur keladigan inson.

Va nihoyat birinchi o‘rin. Bu albatta Lionel Messi! Sababi, u dunyoning eng yahshi futbolchilaridan biri.

Hozir sen nomini tilga olgan futbolchilardan ikkitasi Forlan va Messi bilan aloqalaring yahshi. Bu maydonda juda muhim?!

Ha albatta, siz maydon ichida va tashqarisida aloqada bo‘lsangiz birga to‘p surish osonlashadi. Bu faktor o‘yin davomida yaqqol sezilib qoladi.

Sen hech Batistuta sinari soch o‘stirishni va u kabi turmaklashga urunib ko‘rganmisan?

Bo‘lmasamchi, men bunga urunib ko‘rganman. Afsuski, natija men kutgan darajada chiqmagan.

Manba: Вне Игри
Kiritildi: 01:25, 09.12.2019.
O'qildi: 15447 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.