Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Grand jamoalarga o‘tish payti kelmadimi?!

Grand jamoalarga o‘tish payti kelmadimi?!

Baho:
+ | -

Top jamoalardan biriga o‘tish uchun futbolchilar o‘zlarini o‘rtamiyona jamoalarda ko‘rsatishlari lozim. O‘z jamoalaridanda kuchliroq klubga o‘tish payti kelganida esa, ko‘pincha rahbariyat ularni ketkazmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishga urunadi va ularni yana bir nechta mavsum o‘z safida olib qolishga erisha oladi. Bugun allaqachon kuchliroq klubda to‘p surishi kerak bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

 David De Hea

 

2011-yilda ko‘plab takliflarga qaramay “Manchester Yunayted”ni tanlagan darvozabon sovrinlar yutishdan umidvor edi. Uning iqtidori va imkoniyatlarini inobatga olsak, kariyerasi tamomila o‘zgacha ko‘rinish olishi mumkin edi. “Manchester Yunayted” YECHLda har doim ham ishtirok etayotgani yo‘q. Yevropa Ligasi esa, Davidning darajasidan ancha pastroq musobaqa ekanligi hech kimga sir emas. APL borasida gapirmasa ham bo‘ladi. Sulsher shogirdlari grandlaar ustidan qozonilgan g‘alabalar ortida istalgan jamoaga ochko tarqatishi hech gap emas. Balki, Bundan 2 yo 3 mavsum ilgari Madridning “Real” jamoasidan tushgan taklifni rad etmaganida barchasi o‘zgacha ko‘rinish olarmidi? Yana kim biladi deysiz?!

Hari Keyn

 

2014/15-yilgi mavsumni “Tottenhem”ning 3-hujumchisi sifatida boshlagan Keyn ko‘p o‘tmay kim aslida kim ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. O‘sha mavsum so‘ngiga borib Adebayor va Soldadoni zahiraga o‘tkazib qo‘ygan ingiliz gol urishdan hali-hamon to‘xtamayapti. Mavsum davomida 21 bor raqiblar darovozasini ishg‘ol etgan qahramonimiz keyingi mavsumlarda 25 va 29 tadan gol kiritib APL to‘purariga aylanadi. Quvonarlisi shundaki, 2017-yilgi mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 56 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va Messi va Ronaldudan “oltin butsa”ni tortib oldi.

Aynan ushbu voqea uning atrofida grand jamoalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Avvaliga futbolchiga “Manchester Yunayted” og‘iz solgan bo‘lsa, keyin Madridning “Real” jamoasi muzokarlar o‘tkazishga tayyorligini bildirib o‘tdi. O‘zining tejamkorligi bilan nom qozongan “Tottenhem” jamoaning asosiy hujumchisi qo‘yib yuborishni istamadi va uning transfer qiymatini sun’iy ravishda oshirib yubordi. To‘g‘ri, “Tottenhem” o‘tgan mavsumda YECHL finalida to‘p surdi, biroq endilikda bu natija yana takrorlanishiga ishonish qiyin. Boz ustiga, qahramonimiz shu kunga qadar birorta sovrinni boshi uzra ko‘tarmagan. Bir qarashda kulguli xolat, lekin bu fakt. Shunday ekan,  Keyn “Tottenhem”ni tark etmay turib yangi darajaga ko‘tarilishiga ishonish qiyin.

 

Sergey Milenkovich-Savich

 

Maydon markazidagi o‘yinlari bilan unversallikning eng yuqori darajasiga chiqqan Sergey borasidagi mish-mishlar davom etmoqda. Serbiyalik futbolchi istalgan pozitsiyada juda ishonchli va samarali harakat qila oladi. Bundan tashqari, uning tehnik yetuk futbolchi ekanligini tayanch zonasidan turib ham hujum boshlash imkoniyatini yaratib beradi. Ushbu avloddagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri bo‘lishiga qaramay, qahramonimiz hali-hamon kamtarin “Latsio” sharafini himoya qilishda davom etmoqda. Unga kimlar og‘iz solmadi deysiz?! “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”. Xatto PSJ futbolchining o‘zi va agenti bilan kelishuvga erishgan edi, biroq Rim jamoasi so‘nggi soniyalarda futbolchini sotmaslikka qaror qildi. “Le Gazzeta Della Sport” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, “Latsio” kelasi yozda futbolchini 120 million yevroga sotib yuborishni ko‘zlamoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz.

 

Nabil Fekir

 

O‘tgan yozning eng kutilmagan transferi deb e’tirof etilgan Fekir barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Qahramonimiz “Liverpul” jamoasi tomonidan 52 million yevro evaziga harid qilinishi ko‘zda tutilgan edi, biroq tibbiy ko‘rikdagi muammolar tufayli “Liverpul” uning transferidan voz kechdi.

 

Transfer oyanisining so‘nggi kunlarida “Betis”da ko‘rinish bergan “Lion” yetakchisi mahaliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda Fekir tizasidagi jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lgan va o‘z darajasida to‘p surishni boshladi. Agarda, Fekir o‘z o‘yinini topib olsa, ko‘p o‘tmay boshqa bir grand jamoa safida ko‘rinish berishi mumkin.

 

Oskar

 

Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi o‘zining eng kuchga to‘lgan chog‘ida Londonning “Chelsi” klubini Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasiga almashtirib barchani hayratga solganidan xabaringiz bor. Odil Ahmedovning jamoadoshi o‘zi va oilasi uchun porloq kelajakni ta’minlash har qanday sovrindan muhimroq deb hisoblashini yashirib o‘tirmayapdi. Ko‘plab braziliyalik futbolchilar singari kambag‘al oilada katta bo‘lgan futbolchini tushunsa bo‘ladi.

Ayni damda Oskar o‘z darajasidan pastroq birinchilikda qolgan futbolchilardan yaqqol ajralib turibdi. Shunday bo‘lsada, bankdagi hisob raqami o‘zi xohlagan ko‘rinishishga kelgach, barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. U kabi iqtidorli futbolchilarga kariyerasining so‘ngiga qadar grand jamoalardan takliflar paydo bo‘lsa, ajab emas.

YA. U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:22, 09.12.2019.
O'qildi: 11805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.