Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi boshlanmoqda. Murabbiylarimiz shtabidan kutilmagan qaror

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi boshlanmoqda. Murabbiylarimiz shtabidan kutilmagan qaror

Baho:
+ | -

Bugun Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi start oldi. Yilning so‘nggi nufuzli musobaqalaridan birida sayyoramizning eng kuchli polvonlari g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Shubhasiz, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham g‘oliblik uchun kurashadi. Sizlarni Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqa atrofidagi qiziqarli ma’lumot va faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz:

Terma jamoamiz ishtirokchilar soni bo‘yicha kuchli uchlikda.

Shubhasiz, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari har bir musobaqada yetakchilar qatorida tilga olinadi. Bu musobaqada ham vakillarimiz asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda va g‘oliblik uchun bahs olib boradigan vakillarimiz soni 11 nafarni tashkil qiladi. Bu Xitoy (20) va Janubiy Koreya (16) terma jamoalaridan so‘ng uchinchi ko‘rsatkich demakdir.

Adhamjon Ergashev o‘z vaznini o‘zgartiradi.

Musobaqaning kutilmagan jihatlaridan biri mahoratli sportchimiz Adhamjon Ergashev ushbu musobaqada -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etishi bo‘ldi. Ma’lumki, vakilimiz -67 kg. toifada ishtirok etib kelardi va ushbu vaznda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini deyarli naqd qilib qo‘ygan. Murabbiylar shtabining mazkur qarori esa ko‘pchilikni taajjublantirdi. Negaki, bu vaznda Olimpiada reytingida yettinchi pog‘onani egallab turgan Doston Yoqubov ishtirok etib kelar edi. Demak, Jahon kubogida Ergashev va Yoqubov yelkma-elka yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ularning asosiy raqibi esa, shubhasiz, musobaqa mezbonlari bo‘ladi.

Jahon kubogida vakillarimiz ishtirok etadigan taqvim:

10 dekabr:
-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov

11 dekabr:
-55 kg: Muattar Nabiyeva va Nigora Abdullayeva
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-71 kg: Nigora Suvonova

12 dekabr:
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-109 kg: Akbar Jo‘rayev
+87 kg: Dolera Davronova

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni muborakbod etib, atletlarimiz sharafiga madhiyamizning Xitoy arenasida bir necha bor yangrashini tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:05, 10.12.2019.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.