Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vadim Abramov: «Oldinga o‘tib gapirishni istamasdim»

Vadim Abramov: «Oldinga o‘tib gapirishni istamasdim»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Osiyo Chempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Qur’adan so‘ng «Bunyodkor» futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Hammasi eski-tanish raqiblar. Asosiysi, bosqichma-bosqich barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonish va guruh bosqichiga yo‘l olish kerak. Lekin oldinga o‘tib gapirishni istamasdim. Chunki avvalo 21 yanvar kuni o‘z uyimizda «Az-Zavra»ni mag‘lub etishimiz lozim. Keyin navbatdagi raqiblar haqida gapirsa bo‘ladi. Aytishim mumkin, maqsadimiz guruh bosqichiga yo‘l olish.

Ta’kidlaganimdek, birinchi o‘yinni 21 yanvar kuni o‘tkazamiz. O‘sha kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod besh nafar o‘yinchimiz biz bilan birga bo‘lmaydi. Ular o‘sha vaqtda terma jamoa tarkibida Osiyo Chempionatiga yo‘l oladi. Katta ehtimol bilan bu yigitlar 28 yanvar kuni ham hali terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. Shu bois hozirdanoq besh nafar o‘yinchimizning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishni o‘ylab turibman. Meni o‘ylantirayotgan boshqa muammo yo‘q", — dedi Abramov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:08, 10.12.2019.
O'qildi: 4546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.