Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shahram G‘iyosov havaskor boksga qaytadi. U Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi

Shahram G‘iyosov havaskor boksga qaytadi. U Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) yana havaskor boksga qaytmoqda. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahram 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygan. Shu sababdan u fevralda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga saralash turnirida -69 kg vaznda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda u terma jamoa bilan birga Yangioboddagi bazada mashg‘ulotlar olib bormoqda.

«Rio olimpiadasi vaqtida mening sharafimga madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz yuqori ko‘tarilishini xohlaganman. Ammo bir qadam qolganda bu ish amalga oshmay qoldi. Endi buni Tokioda amalga oshirmoqchiman. Hozircha sportdagi armonim Olimpiada chempioni bo‘lish, bunga ham yetishmoqchiman», deya gapirib o‘tgan G‘iyosov intervyularining birida.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov professional boksda 9ta jang o‘tkazishga ulgurgan bo‘lib, WBA International chempionlik kamari sohibi ham sanaladi. Profi-boksda 15ta va undan kam jang o‘tkazgan bokschilarga havaskor boksda ham ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

Oldinroq, WBC rahbari Maurisio Sulaymon professionla bokschilar havaskor ringga qaytadigan bo‘lsa, ikki yilga tashkilot kamarlari uchun janglardan chetlatilishini ma’lum qilgandi. Keyinchalik bu bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilindi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 11:59, 11.12.2019.
O'qildi: 8849 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.