Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Iste’fo va o‘lim bilan tahdid: Janubiy Koreya bosh murabbiyi sabab aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Iste’fo va o‘lim bilan tahdid: Janubiy Koreya bosh murabbiyi sabab aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Baho:
+ | -

Inchxon polisiya boshqarmasi Jahon chempionatidan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasi vatanga qaytib kelganidan keyin xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aeroportga 160 nafar xodim safarbar etilishini e’lon qildi.

Bunday qarorga terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqishini e’lon qilgan mutaxassis Xon Myon Boga o‘lim bilan tahdid qilinayotgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlashga maxsus qo‘riqlash xizmatining 25 nafar xodimi ham jalb etiladi.

«Biz jamoa yetib kelishi vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun xodimlarni yuborishga qaror qildik. Har qanday qonunbuzarlik, jumladan, turli buyumlarni uloqtirish kabi harakatlarga nisbatan qat’iy chora ko‘ramiz», — deyiladi polisiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida Meksika, JAR va Chexiya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmadi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 19:48, 29.06.2026.
O'qildi: 2744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик