Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

JCH-2026. Braziliya qo‘shimcha vaqtdagi gol evaziga Yaponiyani mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

JCH-2026. Braziliya qo‘shimcha vaqtdagi gol evaziga Yaponiyani mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -1

2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Xyuston shahridagi «En-Er-Ji Stedium»da bo‘lib o‘tgan bahsni italiyalik hakam Maurisio Mariani boshqarib bordi. Uchrashuv Braziliyaning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 29-daqiqada Yaponiya yarim himoyachisi Kaisyu Sano ochdi. Braziliyalik tajribali yarim himoyachi Kazemiro 56-daqiqada muvozanatni tikladi. G‘alaba golini esa 90+6-daqiqada hujumchi Gabriel Martinelli kiritib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa, Braziliya terma jamoasi JCH-2026ning 1/8 finalida Kot-d'Ivuar — Norvegiya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Jahon chempionati–2026. 1/16 final
29 iyun, dushanba
Braziliya — Yaponiya — 2:1
Gollar: Kaisyu Sano (29) — 0:1, Kazemiro (56) — 1:1, Gabriel Martinelli (90+6) — 2:1.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:11, 30.06.2026.
O'qildi: 2176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик