Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Chirchiqda futbol festivali bo‘lib o‘tdi

Chirchiqda futbol festivali bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabr kuni imzolangan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish borasida amaliy ishlar olib bormoqda.

Respublikamizning turli hududlarida futbol festivallari tashkil etilayotgani haqida oldinroq xabar bergan edik. Bugun shunday festival Toshkent viloyatida ham bo‘lib o‘tdi. Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport saroyida o‘tgan futbol festivalida viloyatning ko‘plab tuman va shaharlaridagi umumta’lim maktablaridagi mavjud futbol to‘garaklarida shug‘ullanayotgan yosh futbolchilar qatnashdi.

Futbol festivalining asosiy maqsadi – bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini yanada oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, qolaversa, umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan futbol to‘garaklari ishini yaxshilashdan iborat.

Bugungi festivalda yosh futbolchilar o‘z ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish qilishdi. Festival yakunida O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘FA mutaxassislari yosh futbolchilarga to‘p, sport liboslari va jihozlari taqdim etishdi.

- Futbol o‘zbek xalqining sevimli o‘yini hisoblanadi. Futbol insonlarga umid va orzu bag‘ishlaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi, irodali, mehnatsevar va matonatli bo‘lishni o‘rgatadi, shuningdek, vatanparvar qilib tarbiyalaydi. Yoshlikdan futbolga mehr qo‘ygan, futbol bilan shug‘ullangan bola kelajakda sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘ladi. Shu boisdan futbol ommaviyligini oshirishga qaratilgan festivallar tashkil etilyapti. Maqsadimiz – yanada ko‘proq yoshlarning futbol bilan do‘st tutinishiga, “millionlar o‘yini”ning yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borishiga erishish, - dedi O‘FA Birinchi vise-prezidenti festival qatnashchilari bilan suhbatda.

O‘z navbatida o‘quvchilar ham yangi tashkil etiladigan “Maktablar ligasi”da o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasi sharafini munosib himoya qilishga harakat qilishlarini bildirishdi. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:41, 14.12.2019.
O'qildi: 2004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик