Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

KO‘JCH. «Liverpul» qo‘shimcha vaqtda gol urib, finalga chiqdi (videosharh)

KO‘JCH. «Liverpul» qo‘shimcha vaqtda gol urib, finalga chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi — "Liverpul", KONKAKAF vakili — Meksikaning "Monterrey" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

O‘yin boshida Salohning chiroyli uzatmasidan keyin Nabi Keyta davrozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi. Oradan atigi 3 daqiqa o‘tib meksikaliklarning hujumini Roxelio Funes-Mori samarali yakunlib, hisobni tenglashtirdi.

Mersisaydliklar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Roberto Firmino raqib darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

"Liverpul" 21 dekabr kuni musobaqa finalida Braziliyaning "Flamengo" klubiga qarshi maydonga chiqadi. "Al-Hilol" va "Monterrey" jamoalari bronza medali uchun kurash olib borishadi.

Klublar o‘rtasidagi JCH, yarim final
MONTERREY Meksika – LIVERPUL Angliya - 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Keyta, 1:1 – 14 Funes Mori, 1:2 – 90+1 Firmino.
Monterrey – Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vandjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges.
Liverpul – Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-CHemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:57, 19.12.2019.
O'qildi: 8068 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик