Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yaponiya jamoasi “Navbahor” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Yaponiya jamoasi “Navbahor” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi arafasida Tokioda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-YAponiya Biznes Forumi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Namangan viloyati hokimligi hamda Yaponiyaning Yamanashi prefekturasi taniqli futbol klubi – “Vanfore Kofu” o‘rtasida hamkorlik aloqasi o‘rnatilib, anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumni viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov va “Vanfore Kofu” prezidenti Kazuyuki Umino imzoladilar.

Kelishuvga ko‘ra, Yaponiya J2 League futbol divizioni yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan hamda boy o‘tmishi bilan ajratib turuvchi “Vanfore Kofu” hamda Namangan futboli o‘rtasida doimiy hamkorlik o‘rnatiladi. Yapon klubi yaqin davrda Namanganda o‘z futbol maktabini ochadi, ushbu maktabning eng yaxshi tarbiyalanuvchilari “Vanfore Kofu” tarkibiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek namanganlik murabbiylar uchun yapon mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminarlari, master-klasslar tashkil etadi. “Vanfore Kofu” hamda “Navbahor” jamoalari asosiy tarkiblarining o‘rtoqlik uchrashuvlari ham doimiylik kasb etadi.

Umino, imzolash marosimidan so‘ng O‘zbekistondagi telekanallariga bergan intervyusida ushbu kelishuvning yapon futbol klubi nuqtai nazaridan tarixiy voqelik bo‘lganini qayd etdi.

Suzuki, Citizen, NNS, Pioneer, Daihatsu kabi Yaponiyaning o‘nlab taniqli yirik kompaniyalari homiyligida faoliyat olib borayotgan “Vanfore Kofu” bilan erishilgan bu kelishuv, o‘z-o‘zidan homiy kompaniyalarning Namangan viloyatiga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga hamda kelgusida investisiyalar sohasida hamkorlik uchun zamin yaratadi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:30, 19.12.2019.
O'qildi: 2772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик