Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik ikki bokschi yuqoriladi, Shohjahon Ergashev pastladi

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik ikki bokschi yuqoriladi, Shohjahon Ergashev pastladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) dekabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu safar o‘tgan oydagi o‘rnidan ikki pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘ta yengil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (20-5, 11 KO) esa o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan yana bir pog‘ona yuqorilab 11-o‘ringa joylashgan. Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgan va shu orqali reytingdan joy olgandi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa bu safar o‘tgan oydagi reytingidan ikki pog‘ona pastlab, 13-o‘rinda qayd qilingan. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida ham, IBF reytingida ham bir xil — oltinchi o‘rinda bormoqda.

Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

 

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 14:37, 19.12.2019.
O'qildi: 5203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.