Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Nurillo To‘xtasinov: «U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz»

Nurillo To‘xtasinov: «U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Tailand mezbonlik qiladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz hozirda BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov O‘FA rasmiy saytiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Musobaqaga borgan sayin oz vaqt qolyapti. Kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Tayyorgarlik yuqori darajada, deya olaman. Jamoamizda kayfiyat a’lo darajada, hamma yigitlar mashg‘ulotlarda qattiq ter to‘kishyapti.

Qit’a chempionatida oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Lekin biz har bir uchrashuvda xalqimizni xursand qilish, ularga chiroyli g‘alabalar taqdim etish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. Har bir o‘yinda terma jamoamizga maksimal foyda keltirishga urinamiz", - deya ta’kidladi mahoratli futbolchi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:25, 21.12.2019.
O'qildi: 3150 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик