Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Futzal, final. AGMK - «Paxtakor» yuz bergan holat yuzasidan

Futzal, final. AGMK - «Paxtakor» yuz bergan holat yuzasidan

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Paxtakor” klubi joriy mavsum katta futbolda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida jamoa futzalchilari ham ularga hamohang tarzda futzal bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblikni tantana qilishni maqsad qilishgan edi. Biroq, bu yo‘lda ularga AGMK futzalchilari qarshiligini yengolmadi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati reglamentiga ko‘ra, finalda birinchi bo‘lib uchta g‘alabaga erishgan jamoa oltin medallarga ega chiqardi. Dastlabki ikki o‘yinda AGMK jamoasining qo‘li baland kelgandi. 17 dekabr sanasiga belgilangan bahsda qozonilajak yutuq olmaliqlik futzalchilarni ketma-ket beshinchi chempionlik sari yetaklasa, “Paxtakor” uchun bu o‘yin vaziyatni o‘nglash yo‘lidagi so‘nggi imkoniyat edi. Shu sababli o‘yin ancha asabiy ruhda kechdi va yakunda futzalchilar o‘z ehtiroslarini jilovlay olishmadi.

Albatta, bu kabi holatlar o‘zbek sportiga aslo yarashmaydi va hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi nazorat-taftish qo‘mitasi tomonidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tez kunlarda mazkur holat yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinadi va aybdorlarga tegishli jazo choralari tayinlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:10, 21.12.2019.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик