Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘FA mutaxassislari Qatarning yosh futbolchilar bilan ishlash tajribasini o‘rganmoqda

O‘FA mutaxassislari Qatarning yosh futbolchilar bilan ishlash tajribasini o‘rganmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futboli ilg‘or mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yanada yaxshilash hamda futbolning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga katta ahamiyat qaratmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda Qatar futbol assosiasiyasi taklifiga binoan O‘FA mutaxassislar guruhi ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘FA texnik direktori Shavkat Imomov, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda O‘zbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov Qatarning yosh futbolchilar bilan ishlash va turli yoshdagi terma jamoalar uchun futbolchilar tarbiyalash bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqda.

Bilasiz, Qatar mamlakati so‘nggi yillarda qit’amizda yetakchilardan biriga aylana oldi. Ushbu yurt dastlab “Aspire” akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan iborat tarkib bilan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Keyinroq esa Qatar milliy terma jamoasi xuddi o‘sha tarkib bilan Osiyo kubogida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyatlarda Dohada joylashgan “Aspire” akademiyasining o‘rni beqiyos.

Shu boisdan O‘FA mutaxassislari “Aspire” akademiyasida bo‘lib, ushbu futbol dargohining ishlash tizimi, yosh futbolchilarni tarbiyalashdagi o‘ziga xos uslubi, u yerda o‘yinchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda. Akademiya murabbiylari bilan mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan yangi uslublar, futbolchilarga turli yoshda beriladigan turlicha jismoniy yuklamalar, o‘yin falsafasi bo‘yicha suhbatlar olib borildi. Shuningdek, akademiyada futbolchilarning davolanishi hamda tiklanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan jarayonlar bilan tanishildi. Qolaversa, “Aspire” akademiyasi texnik direktori bilan o‘zaro fikr almashildi va murabbiylarning malakasini oshirishda yaqindan hamkorlik qilish masalasi muhokama etildi.

Shu kunlarda Qatar klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham mezbonlik qilmoqda. O‘FA mutaxassislari QFA taklifiga ko‘ra, klublar mundiali uchrashuvlariga ham tashrif buyurishlari ko‘zda tutilgan.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:01, 21.12.2019.
O'qildi: 1651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик